Dushanbe Baydendan norozi: AQSH Prezidenti tojiklar “ogorodiga tosh otdi”

Olam

image

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi AQSHning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Jon Mark Pommershaymga Jo Baydenning tojiklar haqidagi fikriga nisbatan norozilik notasi topshirdi. Bu haqda “Aziya-Plyus” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bugun, 14 sentyabr kuni elchi Tojikiston TIVga chaqirilgan va unga AQSH Prezidentining Pensilvaniyaga tashrifi chog‘idagi bayonotlari munosabati bilan norozilik notasi topshirilgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, Tojikiston AQSH bilan o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va hurmat ruhida manfaatli munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdor.

Ma’lumot uchun, AQSH Prezidenti Jo Bayden Afg‘onistondan o‘z fuqarolari, harbiy kontingenti, shuningdek, afg‘onlarni evakuatsiya qilish vaqtida odamlar samolyot shassisiga osilib olgani haqida fikr bildirib, “agar biz Tojikistonda bo‘lganimizda ham shassiga osilib oladiganlar topilardi”, degandi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH harbiylari Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy missiyani joriy yilning 31 avgust kuni to‘liq yakunladi. Biroq, amerikaliklar afg‘on diyorini tark etishni yakunlamasidan mamlakatda hokimiyat almashdi. “Tolibon” Ashraf G‘ani hukumatini ag‘dardi. Prezident G‘ani iste’foga chiqib, mamlakatni tark etdi.

Qayd etish kerakki, AQSHni holdan toydirgan Afg‘onistondagi kampaniyani Kichik Jorj Bush, Barak Obama va Donald Tramp kabi Prezidentlar yakunlay olmadi. Faqat Prezident Bayden davriga kelib Afg‘onistondan mamlakat qo‘shinlari olib chiqib ketildi.


Maqola muallifi

Teglar

norozilik notasi

Baholaganlar

622

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar