Toshkentda yana bir karantin cheklovi joriy etilmoqda
Jamiyat
−
16 Oktabr 2020
44879Toshkent shahar jamoat transporti (avtobus, metro, yo‘nalishli taksi) xizmatidan foydalanganda yo‘lovchilarning tibbiy niqob bilan birgalikda tibbiy qo‘lqopda bo‘lish tartibi joriy etiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Joriy yilning 19 oktyabridan e’tiboran shahar jamoat transportidan foydalanganda yo‘lovchilarning tibbiy niqobda, shuningdek, tibbiy qo‘lqopda bo‘lishlari qat’iyan talab etiladi.
Qayd etilishicha, yangi talab bugungi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, jamoat transportida turli yuqumli mavsumiy infeksiyalar tarqalishining oldini olish va yo‘lovchilar salomatligini asrash maqsadida joriy etilyapti.
Shahar jamoat transportidan foydalanganda yo‘lovchilarning sanitariya qoidalari va belgilangan karantin talablariga qat’iy amal qilishlarini ta’minlash maqsadida Transport vazirligining avtomobil tashuvlari xavfsizligini ta’minlashni nazorat qilish boshqarmasi inspektorlari va huquq-tartibot idoralari vakillaridan iborat maxsus ishchi guruhi tomonidan transport infratuzilma ob’ektlari va jamoat transportida kuchaytirilgan tartibda nazorat tadbirlari o‘tkaziladi.
LiveBarchasi