Durov Telegram'ning muvaffaqiyati sirini ma’lum qildi 

Texnologiya

image

Telegram messenjeri asoschisi, tadbirkor Pavel Durov Telegram'ning nima sababdan bu qadar ommalashgani haqida ma’lumot berdi. U bu haqda o‘z blogida yozib qoldirgan. 

Durovning yozishicha, so‘nggi yetti yil ichida yiliga 40 foiz foydalanuvchi ushbu dasturga qo‘shilgan. 

"Bizning sirimiz nimada? Tartib. So‘nggi 7,5 yil ichida biz foydalanuvchilarimizning maxfiyligini doimiy ravishda himoya qildik hamda dasturlarimiz sifati va xususiyatlari to‘plamini muntazam ravishda yaxshilab bordik", degan messenjer yaratuvchisi. 

Tadbirkor qadriyatlarga rioya qilish har qanday biznesda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlagan. 

Uning fikricha, maqsadga muvofiq harakatlarsiz muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Telegram

Baholaganlar

494

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing