Do‘rmonga o‘t ketdi (video)
Jamiyat
−
24 mart
29811Bugun, 24 mart kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi Do‘rmon MFYda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 18:26 da Toshkent viloyati, Qibray tumani Do‘rmon MFY Ma’rifat ko‘chasida joylashgan uylarda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruvchilar soat 18:28 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in 19:33 da o‘rab olingan.
“Ayni damda bartaraf etish ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, voqea joyiga Toshkent viloyati va tuman FVB rahbariyati yetib borgan.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatidagi uylardan birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi