Durang adolatli hisob bo‘ldi – Kapadze
Sport
−
26 mart
7557O‘zbekiston milliy terma jamoasi ustozi Temur Kapadze Eronga qarshi o‘yindagi durang hisobi adolatli bo‘ldi, deb hisoblaydi. Bu haqda u o‘yindan keyingi matbuot anjumanida so‘z ochdi.
“Birinchi navbatda Eronni yo‘llanmani qo‘lga kiritgani bilan tabriklayman va omad tilayman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, qiziqarli o‘yin bo‘ldi, yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Ikkala jamoa ham yaxshi o‘yin namoyish etdi. Bizda ham, raqibda ham qulay imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Albatta, g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Ammo o‘yin nuqtai nazaridan oladigan bo‘lsak, durang adolatli hisob bo‘ldi. Biz endi keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘ramiz. Yigitlarga, muxlislarga katta rahmat”, deydi Kapadze.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, o‘zbekistonlik futbolchilar orasida Eronga qarshi bahsda Abbos Fayzzullayev eng yuqori, 7.8 ballni qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi