Do‘ppi boshdan azizmi? Toshkentda yigit poyezd yo‘liga sakradi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining “Do‘stlik-2” bekatida yigit poyezd yo‘liga sakragani aks etgan video tarqaldi. “Toshkent metropoliteni” DUK mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi. 

Unga ko‘ra, bugun, 4 avgust kuni Toshkent metropolitenining “Do‘stlik-2” bekatida fuqaro A.M. metro yo‘liga tushib qolgan bosh kiyimni olish maqsadida o‘zboshimchalik bilan poyezd yo‘liga tushgan. Metropoliten va ichki ishlar organi xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar orqali yo‘lovchi zudlik bilan xavfsiz tarzda platformaga chiqarilgan. 

Shundan so‘ng, fuqaro A.M.ga nisbatan “Metropolitendan foydalanish tartib-qoidalari”ga amal qilmagani sababli bayonnoma rasmiylashtirilgan.

“Shu bilan bir qatorda metro yo‘lida inson hayoti uchun xavfli hisoblanuvchi yuqori kuchlanishli elektr toki mavjudligini eslatib o‘tamiz. Shu sababli, metrodan foydalanish vaqtida hushyor va sergak bo‘ling. Bu kabi holatlarga duch kelganingizda zudlik bilan bekat platformasida faoliyat olib boruvchi xodimlarga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent metropoliten

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing