Dunyoning nufuzli musulmonlaridan birining to‘yidan fotoreportaj

Sport

image

Avvalroq, joriy yilning 7 iyun kuni Germaniya Milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi, ayni damda “Arsenal” klubi yarimhimoyachisi Mesut O‘zil uylangani, to‘yda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va uning rafiqasi Emina Erdo‘g‘an ishtirok etib, guvohlik qilgani haqida xabar bergan edik. 

Internet olamida Mesut O‘zilning to‘yidan suratlar, fotoreportajlar tarqalmoqda. 

Ma’lumki, Mesut O‘zil dunyoning nufuzli musulmonlari 500 taligidan o‘rin olgan. U Germaniyada, turk millatiga mansub oilada tavallud topgan.

 

Mesut O‘zil turkiyalik taniqli model 26 yoshli Omina Gulshega uylandi. Marosim Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tdi. 

2018 yilning may oyida Mesut O‘zil Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashib, unga futbol formasini sovg‘a qilgan edi. O‘sha yili bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionatida muvaffaqiyatsizlikka uchragan Germaniya MTJ muxlislari esa Mesutning Erdo‘g‘an bilan uchrashuvini qoraladi va bor muvaffaqiyatsizlikda Mesutni ayblagandi. Ko‘p o‘tmay futbolchi MTJni tark etdi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Mesut O'zil

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing