Dunyoning eng kuchli 10 ta bokschisi e’lon qilindi

Sport

image

Vazn toifasidan qat’i nazar dunyodagi eng kuchli bokschilarning yangilangan reytinggi e’lon qilindi. Bu haqda DAZN strim ma’lum qildi.

DAZN tuzib chiqqan reytingga ko‘ra, dunyoning eng kuchli bokschisi deya ukrainalik Aleksandr Usik e’tirof etildi. Amerika bayrog‘i ostida janglarda ishtirok etadigan Terens Krouford ushbu ro‘yxatda ikkinchi pog‘onani band etdi 

Shu bilan birga, o‘tgan hafta oxirida Dmitriy Bivoldan mag‘lubiyatga uchragan meksikalik Saul Alvares o‘zining dunyoning eng kuchli jangchisi maqomini yo‘qotdi. Asli kelib chiqishi qirg‘izistonlik bo‘lgan Dmitriy Bivol esa 6-o‘rindan joy oldi. Og‘ir vazn toifasida WBC chempionlik kamari sohibi Tayson Fyuri dunyoning 7-raqamli bokschisi deya e’tirof etildi.

Reytingda kuchli o‘ntalikdan quydagi bokschilar joy olgan:

1) Aleksandr Usik;

2) Terens Krouford;

3) Saul Alvares;

4) Naoya Inue;

5) Errol Spens;

6) Dmitriy Bivol;

7) Tayson Fyuri;

8) Jorj Kambosos;

9) Stiven Fulton;

10) Shakur Stivenson.

Ma’lumot uchun, ushbu reytingga britaniyalik bokschi Entoni Joshua kiritilmagan. Qayd etish joizki, Entoni dunyodagi eng mashhur bokschilardan sanaladi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1597

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing