Dunyoning eng xunuk iti toj kiydi (foto)

Bu qiziq

image

AQSHda “Dunyoning eng xunuk itlari” tanlovining 2024 yilgi mavsumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi. 

Unga ko‘ra, tanlov mamlakatning Kaliforniya shtatida bo‘lib o‘tgan. G‘olibga esa sovrin sifatida maxsus toj qo‘yilgan.

Tanlov natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni Xitoyning Pekin shahrida tug‘ilgan “Wild Thang” laqabli it egallagan. Ushbu it tanlovda besh marta qatnashib, uch marta ikkinchi o‘rinni egallagan. Nihoyat, bu yil u bosh sovringa ega chiqqan. Tanlovdan so‘ng, g‘oliblik tojini kiygan “Wild Thang” egasi Enn Lyuis bilan suratga tushgan.

Keltirilishicha, “Wild Thang” kuchuklik davrida itlar orasida keng tarqalgan virusga chalingan. Tishlari o‘smaganligi sababli, uning tili tashqarida qolib ketgan. Jismoniy kamchiliklarini hisobga olmaganda “Thang” baxtli va eng xunuk itdir. G‘olib itning egasiga tashkilotchilar tomonidan 5000 dollarlik chek yozib berilgan.

“Ushbu tanlov qariyb 50 yildan beri o‘tkazib kelinmoqda va barcha itlarni o‘ziga xos hamda noyob qiladigan kamchiliklarini nishonlaydi. Maqsad ularni masxara qilishdan iborat emas”, deyilgan nashr xabarida.

Ma’lumot uchun, tanlovda rimlik 14 yoshli “Pug” laqabli it ikkinchi, “Daisy Mae” laqabli yana bir 14 yoshli qutqaruvchi it esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dunyodagi eng uzun tilli it Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgandi. Shuningdek, AQSHning Ogayo shtatida yashovchi 23 yoshli chihuahua zotiga mansub “Spayk” laqabli it ham Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng keksa it sifatida kiritilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh it Kaliforniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing