Dunyoning eng keksa grossmeysteri vafot etdi
Sport
−
07 may 2022
6765Bugun, 7 may kuni dunyoning eng keksa grossmeysterlaridan biri Yuriy Averbax 100 yoshida vafot etdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Grossmeysterning o‘limi sabablari haqida ma’lumot berilmagan.
Ma’lumot uchun, Yuriy Averbax 1922 yilda Kaluga shahrida o‘rmonchi va adabiyoti o‘qituvchisi oilasida tug‘ilgan.
Averbax 1952 yilda grossmeyster unvonini olgan. 1954 yilda u SSSR chempioni bo‘lgan, terma jamoa tarkibida Yevropa jamoaviy chempionligini qo‘lga kiritgan. Ko‘plab xalqaro turnirlarda qatnashgan va g‘olib bo‘lgan. 1965 yilda u SSSRda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi unvoniga sazovor bo‘lgan. Xalqaro shaxmat federatsiyasi reytingida Averbax 1779-o‘rinni egallagan.
Averbax "Xalqlar do‘stligi" ordeni, "Mehnatdagi jasorati uchun" va "Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan jasoratli mehnati uchun" medallari bilan taqdirlangan. 4 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Averbaxni “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.
LiveBarchasi