Dunyoning eng kambag‘al prezidenti umri oz qolganini aytdi

Olam

image

Urugvayning sobiq prezidenti Xose Muxika o‘limi yaqinlashgani va davolanishni xohlamasligini aytdi. Bu haqda u Urugvayning “Busqueda” haftalik nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Qizilo‘ngachdagi saraton mening jigarimni egallab olmoqda. Men buni hech narsa bilan to‘xtatmayman. Chunki men keksa odamman va ikkita surunkali kasalligim bor. Menga biokimyoviy muolaja ham, jarrohlik ham mumkin emas, chunki tanam bunga bardosh bera olmaydi”, degan u.

Shuningdek, Muxika boshqa intervyu bermasligini ma’lum qilgan va endi davolanish uchun tekshiruvdan o‘tmasligini aytgan.

“Meni so‘raganim shuki, meni yolg‘iz qoldiring. Meni aqldan ozgan intervyular yoki boshqa narsalar bilan bezovta qilmang. Mening davrim biroz oldin tugadi. Rostini aytsam, men o‘layapman, jangchi esa dam olishga haqli”, degan Urugvayning 2010-2015 yillardagi sobiq prezidenti.

Muxika fursatdan foydalanib, o‘rtoqlari va yurtdoshlari bilan xayrlashgan.

Intervyuda Muxika, shuningdek, Urugvayning saylangan prezidenti Yamandu Orsining bo‘lajak hukumatdagi roli haqida yolg‘onlar o‘ylab topayotganlar haqida hech narsa bilmasligini aytgan.

“Men bu borada hech qanday tasavvurga ega emasman, hech narsaga aralashishni ham rejalashtirmayman va hech narsani bilishni xohlamayman”, degan u.

Intervyu e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay, Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro Muxika bilan xayrlashuv xabarini yozgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xose Muxika eng kambag'al prezident

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar