Dunyoning eng qudratli davlatlari reytingi e’lon qilindi

Olam

image

Dunyoning eng qudratli davlatlari reytingi tuzildi. “Eng yaxshi davlatlar” nomli reytingga 80 ta mamlakat kiritilgan. “U.S.News” jurnali mazkur reytingni e’lon qilindi. 

Reyting global marketing kommunikatsiya kompaniyasi VMLY&R`ning bo‘limi BAV Group, Pensilvaniya universitetining Wharton maktabi bilan hamkorlikda, 4 mintaqadagi 80 mamlakatda 20 ming kishi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga asosida tuzilgan.

Uni tuzishda yalpi ichki mahsulot (YAIM), aholi soni va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM ko‘rsatkichlari hisobga olindi.

Jurnalistlarning fikricha, “dunyodagi eng qudratli davlatlar yangiliklar sarlavhalarida muntazam yetakchilik qiladi, siyosiy maydonda ko‘proq ta’sirga ega va global iqtisodiy modellarni shakllantirishda hal qiluvchi o‘rin egallaydi”.

Mazkur reytingda AQSH karvonboshilik qilyapti. Undan keyin esa Rossiya va Xitoy joylashgan. Kuchli o‘ntalikka shuningdek, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Isroil, Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya kirgan.

Slovakiya, Sloveniya, Estoniya, Latviya, Litva dunyo bo‘yicha ta’siri eng kam bo‘lgan davlatlar deb topildi.

Markaziy Osiyo davlatlari orasidan Qozog‘iston reytingda 43-o‘rinni egallagan. Mintaqaning boshqa davlatlari reytingga kiritilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya reyting Xitoy

Baholaganlar

2208

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing