Dunyoning eng qimmat futbolchisi kimligi aytildi
Sport
−
05 iyun 18475 1 daqiqa
Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingini e’lon qildi. Yangilangan reytingga ko‘ra, “Barselona” va Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Lamin Yamal jahonning eng qimmat futbolchisi deb topildi.
CIES talqiniga ko‘ra, 18 yoshli qanot hujumchisining transfer qiymati 358 million yevro deb baholangan.
Reytingda ikkinchi o‘rinni “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand egalladi. Uning transfer qiymati 227 million yevroni tashkil etadi. Uchinchi pog‘onadan esa “Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe joy olgan bo‘lib, uning qiymati 166 million yevroga baholanmoqda.
Ma’lum qilinishicha, reytingda Yamal va Holanddan tashqari hech bir futbolchining transfer qiymati 200 million yevrodan oshmagan.
Mutaxassislar futbolchilarning bozor qiymatidagi eng katta o‘zgarishlarni ham qayd etgan. “Leypsig” klubining kot-d’ivuarlik yarim himoyachisi Yan Diomandening qiymati yanvar oyidan buyon 75 million yevroga oshib, 119 million yevroga yetgan va bu eng katta o‘sish sifatida qayd etilgan.
Aksincha, Aleksandr Isakning qiymati 54 million yevroga kamaygan bo‘lib, ushbu davrdagi eng katta pasayish sifatida baholangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Transfermarkt” portali Abduqodir Husanovning transfer narxini 15 mln yevroga ko‘tarib, 50 mln yevro etib belgilagandi.
Live
BarchasiMetroda poverbank yonib ketdi
08 iyun