Dunyoning eng qimmat futbol klublari reytingi e’lon qilindi
Sport
−
10:28 762 1 daqiqa
“Brand Finance“ tahliliy platformasi 2026 yil uchun tuzilgan dunyoning eng qimmat futbol klublari bo‘yicha yangilangan reytingni e’lon qildi. Unda “Real Madrid” 2,36 milliard yevrolik brend qiymati bilan dunyoning eng qimmat futbol klubi maqomini saqlab qolmoqda.
Ikkinchi o‘rindan 1,94 milliard yevro bilan “Barselona” joy olgan. Kuchli uchlikni 1,51 milliard yevrolik ko‘rsatkich bilan Lodonning “Arsenal” jamoasi yakunlagan.
2026 yilda brend qiymati bo‘yicha eng qimmat futbol klublari:
- “Real Madrid” – 2,36 milliard yevro;
- “Barselona” – 1,94 milliard yevro;
- “Arsenal” – 1,51 milliard yevro;
- “Bavariya” – 1,49 milliard yevro;
- “Pari Sen-Jermen” – 1,48 milliard yevro;
- “Manchester Siti” – 1,46 milliard yevro;
- “Liverpul” – 1,45 milliard yevro;
- “Manchester Yunayted” – 1,42 milliard yevro;
- “Chelsi” – 941 million yevro;
- “Borussiya Dortmund” – 654 million yevro.
Live
Barchasi