Dunyoning eng qimmat brendlari e’lon qilindi

Olam

image
Interbrand Corp. so‘rovnomasiga ko‘ra, Apple 2020 yilning eng qimmat brendi deb tan olindi
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, Apple sakkiz yildan buyon birinchi o‘rinni qo‘ldan boy bermay kelyapti. 
 
O‘tgan yilda uning qiymati 38 foizga oshib, 323 milliard dollarni tashkil etgan. 
 
Shuningdek, ikkinchi o‘rinni Amazon brendi (200,7 milliard dollar), uchinchi o‘rinni Microsoft (166 milliard dollar), to‘rtinchi o‘rinni Google (165,4 milliard dollar), beshinchi o‘rinni Samsung brendi (62,3 milliard dollar) egallagan. 
 
Kuchli o‘nlikdan, Coca-Cola, Toyota, Mercedes-Benz, McDonald's, Disney brendlari joy olgan. 
 
Ma’lumot uchun, kuchli o‘ntalik eng yaxshi 100 ta brend umumiy qiymatining yarmiga to‘g‘ri keladi.

Maqola muallifi

Teglar

Brend

Baholaganlar

316

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar