Dunyoning eng boy odami kosmosga uchishini e’lon qildi

Olam

image

Dunyoning eng boy odami, “Amazon” kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos o‘ziga tegishli bo‘lgan “Blue Origin” kosmik kompaniyasining “New Shepard” kosmik kemasida fazoga yo‘l oladi. Bu haqda milliarder Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Besh yoshimdan fazoga sayohat qilishni orzu qilganman. 20 iyud kuni akam bilan shu sayohatga yo‘l olaman. Eng yaxshi do‘stim bilan qoyilmaqom sayohat”, degan u Instagram sahifasida.

“Blue Origin” veb-saytida yozilishicha, kompaniya o‘z yo‘lovchilarini yer yuzidan 100 km balandlikka uchirishni rejalashtirmoqda va bu ularga mikrogravitatsiyani boshdan kechirishga imkon beradi. Blue Origin kompaniyasi kemasida parvoz qilish chiptasini onlayn-auksionga qo‘ygandi. Auksion 12 iyun kuni yakunlanadi va g‘olib ham fazoga uchadi.

Chipta uchun to‘langan pul Blue Origin tashkil etgan Club for the Future fondiga o‘tkaziladi.

Ma’lumot o‘rnida, Bezos dunyoning eng boy odami hisoblanadi. “Forbes” jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 186,2 milliard dollarni tashkil etadi.

Kamola Amirova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Jeff Bezos

Baholaganlar

240

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing