Dunyoning eng boy odami qariyb 28 mlrd dollarlik so‘rovnoma o‘tkazmoqda

Olam

image
Mask insoniyatni qutqarish uchun Tesla aksiyalarini sotmoqchi north_east

Mask insoniyatni qutqarish uchun Tesla aksiyalarini sotmoqchi

Amerikalik milliarder Ilon Mask Twitter’dagi sahifasi kuzatuvchilariga so‘rovnomada ishtirok etish orqali o‘zi egalik qiluvchi Tesla kompaniyasining 10 foiz aksiyasi taqdirini belgilashni taklif qildi. U so‘rovnoma natijasiga ko‘ra yo‘l tutishga va’da bergan.

Sayyoradagi eng boy milliarder qimmatli qog‘ozlarni sotish soliq to‘lashning yagona yo‘li ekanligini aytgan.

“So‘nggi vaqtlarda foydalanilmagan daromad soliqlardan bo‘yin tovlash usuli ekani haqida ko‘p gapirilmoqda. Shuning uchun men Tesla aksiyalarining 10 foizini sotishni taklif qilaman. Siz buni qo‘llab-quvvatlaysizmi?”, degan Mask.

Sayyoradagi eng boy milliarderning ta’kidlashicha, qimmatli qog‘ozlarni sotish soliq to‘lashning yagona yo‘li. Chunki maosh yoki bonuslar olmaydi.

Toshkent vaqti bilan soat 13:45 holatiga ko‘ra, so‘rovda 2,66 mln kishi ishtirok etgan. Ularning 56,4 foizi aksiyalarni sotishga, 43,6 foizi bu fikrga qarshi ovoz bergan. So‘rov tugashiga 8 soat qolgan.

Fevral oyi holatiga ko‘ra, Mask Tesla’ning 227 million aksiyasiga egalik qiladi. Juma kungi savdolar yakunidagi narxdan kelib chiqqan holda uning 10 foiz ulushining qiymati taxminan 27,8 milliard dollarni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask

Baholaganlar

557

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing