Dunyoning eng boy odami bir oydan so‘ng kosmosga uchadi
Olam
−
20 iyun 2021
11121To‘liq bir oy o‘tgach, 2021 yil 20 iyulda “Amazon” asoschisi, sayyoramizning eng boy odami Jeff Bezos o‘zining “Blue Origin” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “New Shepard” raketasida kosmik parvoz qilishni rejalashtirmoqda.
Kema bortida Bezos bilan birga uning ukasi Mark, shuningdek 28 million dollarlik aksiya g‘olibi ham bo‘ladi. Uning ismi va boshqa ekipaj a’zosiga oid ma’lumotlar sir saqlanmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, fazoga parvoz Bezosning bolalik orzusi. U o‘zining Instagram sahifasida 5 yoshidan beri kosmosga uchishni orzu qilishini aytgan. Ushbu orzu unga har qadamda ramrohlik qilmoqda: 2000 yilda milliarder Texasdagi ko‘chmas mulkidan joy ajratib, “Blue Origin” xususiy kosmik kompaniyasiga asos solgan.
Ma’lumot o‘rnida, kosmik turizm tushunchasi birinchi bor 1967 yilda Barron Xilton va Kraft Erikning ilmiy maqolasida ishlatilgan. Ular o‘sha davrda fazodan tijorat qilish maqsadida foydalanish g‘oyasi bilan chiqqan. Biroq bundan hech qanday natija bo‘lmagan.
Kosmik turizm, ayniqsa, XX asr oxirida faol tarzda rivojlandi. Birinchi kosmiy sayyoh amerikalik o‘qituvchi Kristi Makoliff bo‘lishi kerak edi. Biroq u 1986 yilda “Chellendjer” raketasini fazoga uchirish vaqtida halok bo‘ldi. Shundan so‘ng, AQSH hukumati professional bo‘lmagan uchishlarni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Muvaffaqiyatsiz urinishlarga qaramay, 1990-1991 yillarda Yaponiya va Buyuk Britaniya kosmonavtlari fazoga ilk tijoriy parvozni amalga oshirdi.
LiveBarchasi