Dunyoning 33 davlatidagi bolalarda noma’lum o‘tkir gepatit aniqlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Joriy yil aprel oyi boshidan buyon dunyoning 33 mamlakatidagi bolalarda kelib chiqishi noma’lum gepatitning 650 ta ehtimoliy holati aniqlandi. Bu haqda kecha, 27 may kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bu xavfni global miqyosda o‘rtacha deb baholaydi.

“2022 yilning 5 aprelidan 26 mayiga qadar JSSTning beshta mintaqasidagi 33 ta davlatdan bolalarda noma’lum etiologiyali o‘tkir gepatitning 650 ta ehtimoliy holatlari aniqlangani haqida xabarlar keldi. Ushbu og‘ir o‘tkir gepatitning etiologiyasi noma’lumligicha qolmoqda va surishtirilmoqda”, deyiladi tashkilot xabarida. 

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 38 bemor transplantatsiyaga muhtoj, 9 bola vafot etgan.

Yevropa mintaqasida kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan gepatitning 374 ta holati qayd etilgan, ularning 34 foizi Buyuk Britaniyada. Bolalarda gepatitning ehtimoliy holatlari Amerika (240), G‘arbiy Tinch okeani (34), Janubi-Sharqiy Osiyo (14) va Sharqiy O‘rta yer dengizi (5) mamlakatlarida ham qayd etilgan.

Tashkilotda ta’kidlanishicha, holatlarning to‘rtdan uch qismi (75,4 foizi) 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilgan 63 ta holatdan 53 tasida (84,1 foiz) bolalar emlanmaganligi xabar qilingan.

Aniqlik kiritilishicha, laboratoriya tekshiruvlari bemorlarda gepatit A-Ye virusini istisno qilgan.

“SARS-CoV-2 va/yoki adenovirus bir qator hollarda aniqlangan, garchi JSSTga taqdim etilgan ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa-da. So‘nggi paytlarda Birlashgan Qirollikda SARS-CoV-2 bilan birga aylanib yuradigan adenovirus faolligining o‘sishi kuzatilmoqda”, deya qo‘shimcha qilgan tashkilot.

JSST global miqyosdagi xavfni o‘rtacha deb baholamoqda, shu bilan birga infeksiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning miqdori cheklanganligini va epidemiologik nazoratning yetarli emasligi sababli holatlarning haqiqiy soni kam ko‘rsatilayotgan bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

gepatit

Baholaganlar

116

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing