Dunyodagi ilk natriy-ion batareyali elektromobil namoyish etildi

Texnologiya

image

Xitoyning Changan Automotive kompaniyasi joriy yilning o‘rtalarida avtomobil bozoriga natriy-ionli akkumulyator bilan jihozlangan dunyodagi ilk Nevo A06 elektromobilini olib kirada. Bu haqda “Gizmochina” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu loyiha litiyga bog‘liqlikni kamaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Changan Automotive’ning Naxtra quvvat elementlari tufayli yangi texnologiya an’anaviy litiy-ion batareyalardan ko‘ra samaraliroq ishlashi mumkin. 

Avtomobil 45 kVt/soat sig‘imga ega bo‘lib, bir quvvatlanishda 400 km masofani bosib o‘ta oladi. Changan Automotive muhandislari yaqinda Mo‘g‘ulistonning sovuq hududlarida Nevo A06 modelini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazib, natriy-ionli batareyalarning sovuq iqlimga chidamliligini isbotlagan. Sinovlar davomida akkumulyator –30 darajada normal quvvatlanib ishlagan. −50 darajagacha bo‘lgan haroratda ham u funksiyasini yo‘qotmagan. 

Bu ayrim hududlarda, jumladan, Skandinaviya, Kanada, Rossiya va Markaziy Osiyoda qish faslida elektromobillardan foydalanish muammosini hal qilish uchun ishlab chiqilgan texnologik yechim hisoblaniladi.

Natriy ko‘pligi va arzonligi tufayli, iste’molchilar hamda ishlab chiqaruvchilar uni tez orada global miqyosda asosiy energiya manbai sifatida tan olishi kutilyapti. Hozircha ushbu mahsulot faqat Xitoy bozori uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, mutaxassislar AQSH va Yevropa avtogigantlari tez orada ushbu arzon va chidamli texnologiyaga o‘tishiga ishonch bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda magnit tortish kuchiga ega, ikki soniyada 700 km/soat tezlikka chiqa oladigan vagon-platforma sinovdan o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi.

Farangiz Sunnatova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing