Dunyodagi eng yirik suv ombori Yerning aylanishini sekinlashtirdi
Olam
−
03 may 31303 1 daqiqa
Xitoyning Yanszi daryosida qurilgan dunyodagi eng yirik GES – “Uch dara” to‘g‘oni Yerning aylanishini sekinlashtirdi va kunning uzunligini oshirdi. Bu haqda Britaniyaning LADbible nashriyot uyi sayti NASA'ning yirik tadqiqot laboratoriyasi bo‘lmish Goddard kosmik parvozlar markazidan doktor Benjamin Fong Chaoning tadqiqotiga tayanib xabar berdi.
Olimning so‘zlariga ko‘ra, 2012 yilda barpo etilgan to‘g‘on suv omborida to‘plangan juda ko‘p suv Yer massasining taqsimlanishini o‘zgartirib, kun uzunligining 0,06 m/s ga oshishiga va sayyora o‘qining taxminan 2 santimetrga siljishiga sabab bo‘lgan.
LADbible ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoydagi “Uch dara” to‘g‘onining uzunligi 2335 m va balandligi 185 metr. U taxminan 40 kubometrni tashkil qiladi. U ishlab chiqarilgan energiya hajmi bo‘yicha dunyodagi eng yirik GES hisoblanadi. “Uch dara”dagi suv dengiz sathidan 175 metr balandlikda saqlanadi.
“Uch dara” to‘g‘oni 22,5 ming MVt quvvatga ega bo‘lib, 15 ta yadro reaktorining energiyasiga teng energiya ishlab chiqaradi.
“Nature” jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, Yerning ichki yadrosi o‘z aylanishini asta-sekin sekinlashtirmoqda va olimlarning fikricha, 2040 yilga borib butunlay to‘xtab qolishi mumkin.