Dunyodagi eng yaxshi koronavirus vaksinasi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
06 may 2021
20393"Butunjahon vaksina kongressi – 2021" mutaxassislari koronavirus infeksiyasiga qarshi eng yaxshi vaksina nomini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Moderna koronavirusga qarshi eng yaxshi vaksina deb topilgan.
AQSH va boshqa bir qator mamlakatlarda favqulodda holatlarda foydalanish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan ushbu preparat AstraZeneca, Bharat Biotech, Janssen, Medicago, Novavax, Pfizer-BioNtech, "Sputnik V" va hayvonlarni emlashga mo‘ljallangan Zoetis vaksinalarini ortda qoldirgan.
Shuningdek, Moderna "Vaksinalar uchun eng yaxshi yangi texnologiyalar" mukofotiga sazovor bo‘lgan.
JSSTning strategik maslahat guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, Moderna vaksinasining birinchi dozasi qabul qilingandan 14 kun o‘tgach, COVID-19 dan himoya samaradorligi taxminan 92 foizni tashkil qiladi.
LiveBarchasi