Dunyodagi eng ko‘p suv ichayotgan davlatlar ma’lum bo‘ldi
Bu qiziq
−
14:45 2239 2 daqiqa
Markaziy Osiyo mamlakatlari aholi jon boshiga suv iste’moli bo‘yicha jahon reytingining birinchi o‘ntaligidan joy oldi. Ro‘yxatda Turkmaniston yetakchilik qilmoqda, O‘zbekiston esa mintaqa davlatlari orasida uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Worldometer” portalining suvdan foydalanish global indeksida keltirilgan.
Unga ko‘ra, mintaqada yillik suv iste’molining umumiy hajmi bo‘yicha O‘zbekiston 54,56 milliard kubometr ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda.
Keyingi o‘rinlarda:
- Turkmaniston: 27,9 milliard kubometr;
- Qozog‘iston: 22,77 milliard kubometr;
- Tojikiston: 11,49 milliard kubometr.
Eng kam hajm Qirg‘izistonda qayd etilgan bo‘lib, u yerda yillik iste’mol taxminan 8 milliard kubometrni tashkil etadi.
Aholi jon boshiga o‘rtacha kunlik iste’mol nuqtai nazaridan Turkmaniston mutlaq jahon yetakchisiga aylandi – u yerda bir kishiga kuniga 15 445 litr suv to‘g‘ri keladi. Suv resurslaridan eng ko‘p foydalanuvchi davlatlar o‘ntaligiga, shuningdek, Chili (5880 litr) va Gayana (5284 litr) ham kirgan. Ulardan keyingi o‘rinlarni quyidagi davlatlar egallagan:
- O‘zbekiston: 4778 litr;
- Tojikiston: 4460 litr;
- Qirg‘iziston: 4153 litr.
Shuningdek, top-10 talikda AQSH, Eron, Estoniya va Ozarbayjon ham mavjud. Qozog‘istonda esa o‘rtacha kunlik ko‘rsatkich mintaqadagi eng pasti bo‘lib, bir kishiga 3397 litrni tashkil etadi.
Suvdan foydalanishda eng tejamkor darajani Afrika davlatlari, xususan, Kongo Demokratik Respublikasi ko‘rsatmoqda – u yerda bir kishi kuniga atigi 32 litr suv sarflaydi. Ushbu vaziyat fonida O‘zbekistonda suvning maqsadsiz sarflanishiga qarshi kurashish va kanallarni modernizatsiya qilish bo‘yicha davlat dasturlari faollashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq muzliklar erishining tezlashishi Markaziy Osiyo mamlakatlarida jiddiy suv tanqisligiga olib kelishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi