Dunyodagi eng kichik odam vafot etdi
Olam
−
18 yanvar 2020 19901 1 daqiqa
Dunyoning eng kichik odam deb tan olingan nepallik Xagendra Tapa Magar 28 yoshida vafot etdi. Bu haqda Ginness rekordlar kitobi saytida ma’lum qilindi.
Magarning bo‘yi 67,08 santimetr edi. U Pokxara shahridagi shifoxonada pnevmoniya kasalligidan vafot etgan.
U Ginnes rekordlar kitobiga 2011 yilda kiritilgan. Xagendra jamoatchilik e’tiboriga tezda tushgan. Shu sababli Nepal hukumati undan turizmni rivojlantirish uchun foydalangan. U 2011 yilda Nepalning turizm sohasidagi ko‘ngilli vakili etib tayinlangandi.
Endi o‘zi mustaqil harakatlana oladigan dunyodagi eng kichik odam maqomi 70,21 sm bo‘yga ega kolumbiyalik Eduardu Nino Ernandesga o‘tdi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr