Dunyodagi eng keksa mushuk vafot etdi

Bu qiziq

image

Buyuk Britaniyada dunyodagi eng keksa mushuk Rozi 33 yoshida vafot etdi. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.

Rozining egasi britaniyalik Lila Brissett hozir 73 yoshda bo‘lib, ular Norfolkdagi Norvich shahrida yashagan. Brissett mushugining o‘limidan juda afsusda ekanini bildirgan.

O‘limdan oldin hayvon zaif va kasal edi. Mushuk egasining aytishicha, Rozi uyning koridoriga kirib yotganicha qaytib turmagan.

“Men uni sog‘ina boshladim. Biroq juda ko‘p yaxshi xotiralar qoldi va men birga vaqt o‘tkazganimizdan xursandman”, degan mushuk egasi Lila.

Mushukning tug‘ilgan kuni 1 iyun kuni bo‘lib, 2024 yilda u 33 yoshni qarshilagan. Insoniy me’yorlarga ko‘ra, Rozi 152 yil yashadi. Biroq uning uzoq umr ko‘rgan rekordi rasman Ginnes kitobiga kiritilmagan – hozirda londonlik 27 yoshli Flossi dunyodagi eng keksa mushuk hisoblanadi. Mushukning eng uzoq umr ko‘rishi 2005 yilda AQSHda qayd etilgan – Cream Puff mushugi 38 yoshida vafot etgan. Texaslik ushbu eng keksa mushuk 1967 yil 3 avgustda tug‘ilgan va 2005 yil 6 avgustgacha – 38 yilu uch kun yashagan.

Eslatib o‘tamiz, авvaлроқ Fransiyaning Shampan shahridagi Bluewater Lakes baliq ovlash ko‘lida Sabzi laqabli ulkan sazan baliq nobud bo‘lgandi. Baliqning aniq yoshi sir bo‘lib qolsada, ko‘plab mutaxassislar u taxminan 20 yil yashagan va qarilikdan vafot etgan deb hisoblashadi. Uning g‘ayrioddiy yorqin rangi va 30 kilogramm og‘irligi uni dunyoga mashhur qilgan. Oltin baliq o‘z ko‘li yoniga dafn qilindi va u yerda baliq xotirasi uchun yodgorlik taxtasi o‘rnatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Rozi Lila Brissett eng keksa mushuk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing