Dunyodagi eng keksa erkak vafot etdi
Olam
−
19 yanvar 2022 18207 1 daqiqa
Dunyodagi eng keksa erkak ispaniyalik Saturnino de la Fuente Garsiya 112 yoshida Leonda vafot etdi. Bu haqda Ginnesning rekordlar kitobi saytiga tayanib xabar berilgan.
“Saturnino de la Fuente Garsiya 112 yoshu 341 kunligida o‘z uyida olamdan o‘tdi”, deyiladi xabarda.
Erkak 2021 yil 10 sentyabrda Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan, o‘shanda u 112 yoshu 211 kunlik bo‘lgan. Saturnino de la Fuente 1909 yil 11 fevralda Leonda tug‘ilgan. Ta’kidlanishicha, erkak bo‘yi past bo‘lgani (150 santimetr) tufayli Ispaniya fuqarolar urushi (1936-1939) davrida armiyaga chaqirilmagan, keyin u o‘zining poyabzal biznesini ochib, askarlar uchun poyabzal yasashni boshlagan.
Qayd etilishicha, u bo‘sh vaqtlarida futbol o‘ynagan. Saturnino de la Fuente va uning rafiqasi yettita qizni voyaga yetkazgan. Shuningdek, ularning 14 nevara va 22 chevarasi ham bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida Xitoyning eng keksa fuqarosi Alimxan Seyti 135 yoshida vafot etgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr