Dunyodagi eng katta vulqon otilishni boshladi
Olam
−
29 noyabr 2022
10406Joriy yilning 27 oktyabr kuni Gavayi orollariida joylashgan dunyodagi eng yirik faol vulqon Mauna Loa otilishni boshladi. Bu haqda “Reuters” agentligi yozmoqda.
Qayd etilishicha, vulqon o‘z tarixidagi eng uzoq sokinlikni yakunlagan. Ya’ni Mauna Lao oxirgi marta 1984 yilda otilgan edi.
27 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da Gavayi orollarida osmon qizg‘ish rangda porlagan. Vulqon tog‘idan issiq lava otilib chiqqan.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Geologiya xizmati (USGS) ma’lumotlariga ko‘ra, vulqon Gavayining mahalliy aholisiga tahdid solmaydi. Biroq odamlar vulqon gazlari va mayda kullardan ehtiyot bo‘lishi kerak.
Gavayi Favqulodda vaziyatlarni boshqarish agentligi ehtiyot chorasi sifatida orolda ikkita boshpana tuzganini aytdi. Agentlik ham odamlarning hayotiga hech qanday xavf yo‘qligini ta’kidladi. Shu sababli odamlarni evakuatsiya qilishga hojat yo‘q.
Ma’lumot uchun, Mauna Loa Tinch okeanidan 13679 fut (4169 metr) balandlikda Gavayi orollarida joylashgan vulqonlar zanjirining bir qismi hisoblanadi.
LiveBarchasi