Dunyodagi eng qimmat zumrad sotildi

Bu qiziq

image

Shahzoda Sadriddin Og‘axon III ning Cartier broshidan zumradlari kimoshdi savdosida sotildi va yangi qiymat rekordini o‘rnatdi. Bu haqda “CBS News” xabar berdi.

Olmos bilan bezatilgan, zumraddan yasalgan brosh rekord darajada 9 million dollarga sotib olingan.

“Shunday qilib, zumrad dunyodagi eng qimmat yashil toshga aylandi”, deyiladi xabarda.

Sadriddin Og‘axon 1960 yilda kelini Nina Sheyla Diara uchun Cartier bezaklarini buyurtma qilgan. Uning iltimosiga ko‘ra, brosh 37 karatli zumrad bilan bezatilgan.

1969 yilda Diara hayvonlarga yordam berish uchun zumradni kimoshdi savdosiga qo‘ygan. Uni fransuz zargarlik kompaniyasi Van Cleef & Arpels 580 ming Shveytsariya frankiga sotib olgan. Bir necha yil o‘tgach, marvarid “olmos qiroli” laqabli Garri Uinstonning qo‘liga o‘tgan. U broshdan marjon yasagan va 2024 yil noyabr oyida Sadriddin Og‘axon sovg‘asi yana kimoshdi savdosida paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Jenevada kimoshdi savdosiga qo‘yilgan eng katta moviy olmos – Bleu Royal 44 mln dollarga sotilgandi. Christie’s auksion uyida sotilgan yorqin moviy rangga ega bo‘lgan qimmatbaho tosh shu kungacha topilgan olmoslar ichidagi eng noyoblaridan biri hisoblanadi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

zumrad Shahzoda Sadriddin Og'axon III Cartier

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing