Dunyoning eng qimmat klublari e’lon qilindi

Sport

image
Nufuzli “Forbes” jurnali dunyodagi eng qimmat futbol klublari reytingini e’lon qildi. Unda Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi ketma-ket beshinchi marta jahonning eng qimmat futbol klubi deb topildi.

Manbaga ko‘ra, Madrid klubining qiymati 9,5 milliard dollarga baholanmoqda. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkich – 6,75 milliard dollardan 41 foizga yuqori.

“Barselona” (7,5 milliard dollar) va “Manchester Yunayted” (7,2 milliard dollar) ham kuchli uchlikdan joy oldi. Shuningdek, eng qimmat o‘nta klub qatoriga “Liverpul” (6,2 milliard dollar), PSJ (5,8 milliard dollar), “Bavariya” (5,7 milliard dollar), “Manchester Siti” (5,5 milliard dollar), “Arsenal” (5,4 milliard dollar), “Chelsi” (4,2 milliard dollar) va “Tottenxem” (3 milliard dollar) kirdi.

“Forbes” reytingiga jami 30 ta klub kiritilgan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 87 milliard dollarga yetgan. Bir jamoaning o‘rtacha qiymati 2,9 milliard dollarni tashkil etdi. Bu 2025 yilgi hisob-kitoblardan 21 foizga yuqori.

Ro‘yxatda eng ko‘p vakil Angliya Premer-ligasidan bo‘lib, undan 11 ta klub joy olgan. Keyingi o‘rinlarda MLS – 7 ta klub va Italiya A Seriyasi – 4 ta klub bilan qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, yakunlangan mavsumni “Real Madrid” besh yil ichida ilk bor sovrinsiz yakunladi. Jamoa Ispaniya chempionatida “Barselona”dan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, Qirol kubogida “Albasete”ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, 1/8 finalda musobaqani tark etdi. Ispaniya Superkubogida esa finalda “Barselona”ga 2:3 hisobida yutqazdi.

Klub ketma-ket ikkinchi yil Chempionlar ligasi chorak finalda  turnirdan chiqib ketdi.

Maqola muallifi

Teglar

“Forbes” “Barselona” “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing