Dunyodagi eng qadimiy barmoq izlari topildi

Olam

image

Ispaniyaning Segoviya provinsiyasi yaqinidan arxeologlar 43 ming yil avval neandertal odam tomonidan qoldirilgan barmoq izini topdi. Bu haqda “Archaeology News” xabar berdi.

Ushbu topilma neandertallarning ramziy va badiiy qobiliyatlari haqida uzoq yillik taxminlarga qarshi chiqmoqda. Tadqiqotchilar tomonidan olingan tasvirlar, barmoq izining qizil bo‘yoq bilan qoplanganligi va to‘liq barmoq naqshlarini saqlab qolganligini ko‘rsatmoqda.

Tadqiqot Madrid Complutense universiteti, Ispaniya geologiya va konchilik instituti, Ispaniya Milliy politsiyasining ilmiy bo‘limi va Salamanka universiteti tomonidan olib borilgan. Tadqiqotchilar toshni 3D lazer skanerlash, multispektral tasvirlash va skanerlash elektron mikroskopiyasi kabi ilmiy vositalar yordamida tekshirib, barmoq izini aniqlagan.

Bu topilma neandertal odamlarning fikrlash va ramziy ifoda qilish qobiliyatini ko‘rsatadi. Barmoq izi mutaxassislar tomonidan, to‘liq barmoq naqshlari, bifurkatlar va konvergensiya nuqtalari bilan tasdiqlangan bo‘lib, bu inson tomonidan, ehtimol erkak neandertal tomonidan qasddan qo‘llanilganini ko‘rsatadi.

21 sm uzunlikdagi bu iz taxminan 5 kilometr uzoqlikdagi Eresma daryosidan olib kelingan bo‘lishi mumkin. Barmoq izlari tushurilgan izlari toshda amaliy izlar yo‘q va uning o‘lchami va shakli boshqa o‘sha davrga oid asboblardan farq qiladi.

Eng ajablantiradigan jihat bu xususiyatlarning tartibidir – ikkita kichik, simmetrik chuqurliklar, ularning o‘rtasida joylashgan katta chuqurlik va ular orasida aniq joylashgan qizil okra nuqtasi.

Ba’zi olimlar bu topilmani ramziy san’at deb hisoblamasliklari mumkin, ammo tadqiqotchilar pigmentning joylashuvi va toshning tanlovi ramziy faoliyatni ko‘rsatadi deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq olimlar Xitoyda Homo juluensis deb nomlangan qadimiy odamning yangi turini kashf etgandi. Ushbu tur taxminan 200 ming yil avval yo‘qolib ketganlar toifasiga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya barmoq izi neandertal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing