Dunyodagi eng qadimgi alifbo topildi
Olam
−
23 noyabr
4285Suriyadagi qabrni qazish paytida dunyodagi eng qadimgi alifbo topildi. Bu haqda ushbu tadqiqotni o‘tkazgan Jons Xopkins universiteti xabar berdi.
Tadqiqotchilarning aytishicha, yozuvlar 4,4 ming yillik tarixga ega. Topilgan alifbo boshqa ma’lum yozuvlardan 500 yosh katta. Ilgari birinchi harflar Misrda, miloddan avvalgi 1900 yildan keyin ixtiro qilingan.
"Alifbo yozuvi odamlarning yashash tarzini, fikrlarini, qanday muloqot qilishlarini o‘zgartirgan", deydi Arxeologiya dasturi direktori Glenn Shvars.
Tadqiqotchilarga ko‘ra, kashfiyot shuni isbotlaydiki, odamlar aloqa texnologiyalari bilan olimlar ishonganidan ancha oldin tajriba o‘tkazishgan. Harflar barmoq o‘lchamidagi silindrlarga yozilgan. Ehtimol bu buyumlar tashish uchun mo‘ljallangan sharob idishlari uchun yorliqlar bo‘lgan. Shu bilan birga, olimlar hali ham matnning ma’nosini taxmin qilishmoqda.
Ma’lumot uchun, Shimoliy semit, Finikiya, yunon alifbosi va Ugarit alifbolari ham dunyodagi eng qadimgi alifbolar qatoriga kiradi.
Muhammad Hodiyev