Dunyodagi eng qimmat va hashamdor avtomobillarning top 10 reytingi
Texnologiya
−
19 fevral 2019
217271Avtomobillarga qiziqasizmi? O‘z narxlari va dizayni bilan yuqori o‘rinlarda turadiganlariga-chi? Unda bu ma’lumotlar aynan siz uchun. Quyida dunyodagi eng qimmat, hashamdor avtomobillarning reytingi bilan tanishishingiz mumkin. Bular:
1. KOENIGSEGG CCXR TREVITA. Narxi – 4.8 million dollar. Olmosdek yarqirab turishi bilan e’tiborni tortadi. 1.004 ot kuchiga ega. Uning faqatgina ikkita modeli ishlab chiqarilgan.
2. LAMBORGINI VENENO ROADSTER. Narxi – 4.5 million dollar. U kuchli tezlikda harakatlana olishi, dizayni, 6.5 litrli V12 dvigatelga egaligi bilan ajralib turadi.
3. LYKAN HYPERSPORT. Narxi – 3.4 million dollar. U dastlab arab sport avtomobili sifatida mashhur bo‘lgan. Uning har bir LED yoritgichlari qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. Ushbu mashina Gollivud filmlarida ham namoyish etilgan. Qolaversa, Abu-Dabi politsiyalari ham bu avtomobildan foydalanishadi.
4. LIMITED EDITION BUGATTI VEYRON BY MANSORY VIVERE. Narxi – 3.4 million dollar. U eng tezkor avtomobillar ro‘yxatida ham birinchilar qatorida turadi. Avtomobil 2005 yildan buyon ishlab chiqariladi. Shuningdek, Dubay politsiyasining patrul mashinasi sifatida ham foydalaniladi.
5. ASTON MARTIN VALKRYIE. Narxi – 3.2 million dollar. Red Bull AM - RB 001 uning yangi versiyasi hisoblanadi. Dizayni va tuzilishi jihatidan deyarli poyga mashinalariga o‘xshaydi. Mashinaning o‘rta qismida maxsus V12 dvigateli mavjud bo‘lib, 1:1 kuchlanishdagi og‘irlik darajasiga ega.
6. FERRARI PININFARINA SERGIO. Narxi – 3 million dollar. U eng mashhur avtomobillardan biri hisoblanadi. Avtomobil yuqoridan qaraganda go‘yo yurib ketayotgan o‘rgimchakni eslatadi. Biroq, afsonaviy italyan dizayni unga yangicha uslub va e’tiborni tortadigan ko‘rinish tuhfa etgan.
7. PAGANI HURAYA BC. Narxi – 2.8 million dollar. 790 ot kuchiga ega bo‘lish bilan bir qatorda, boshqarish uchun juda qulay hisoblanadi. Bu avtomobilni odatda, tashqi ko‘rinishi yoki qanday kuchga egaligiga qarab emas, ichki dizayni qulay va shinam yaratilganligi uchun xarid qilishadi.
8. FERRARI LAFERRARI APERTA. Narxi – 2.2 million dollar. U kompaniyaning 70 yilligi arafasida ishlab chiqarila boshlangan. Bu model o‘zining tamomila o‘zgacha dizaynga egaligi bilan ajralib turadi.
9. ZENVO TS1. Narxi – 1.9 million dollar. U boshqa avtomobillarda uchramaydigan kuchli “supercharger” va turbo zaryadlovchiga ega.
10. MAZZANTI EVANTRA MILLECAVALLI. Narxi – 1.2 million dollar. U Italiyaning eng kuchli mashinalaridan biri hisoblangani tufayli, poyga musobaqalarida yuqori darajada foydalaniladi.
LiveBarchasi