Dunyodagi eng boy odam kompaniyasining aksiyalarni sotdi
Olam
−
06 fevral 2020
9073Amazon asoschisi Jeff Bezos kompaniyasining 1,74 milliard dollarlik aksiyalarini sotdi. Bu haqda AQSHning Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha komissiyasi ma’lumotlariga asoslanib "Forbes" xabar bermoqda.
Hujjatlarga ko‘ra, bitimlar 31 yanvar va 3 fevral kunlari amalga oshirilgan. Bezosning sof foydasi soliqlardan keyin 1,3 milliard dollarni tashkil etgan.
Bezos nima uchun Amazon aksiyalarining bir qismidan xalos bo‘lishga qaror qilgani noma’lum. Ammo uning qayd etishicha, u har yili bir milliard dollarga yaqin qimmatbaho qog‘ozlarni sotadi. 2017 yilda Bezos bu pul uning boshqa loyihalarini - Blue Origin aerokosmik kompaniyasini moliyalashtirishga ketishini eslatib o‘tgan.
Yanvar oyi natijalariga ko‘ra, Bezos 15 daqiqada 13 milliard dollar ishlab topishi ma’lum edi. Bu natija kompaniya choraklik daromadlar to‘g‘risidagi hisobotni e’lon qilgandan va Amazon aksiyalari narxi 12 foizga ko‘tarilganidan keyin sodir bo‘lgan.
Hozirda Jeff Bezos "Forbes" reytingiga ko‘ra dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida birinchi o‘rinda. Uning boyligi 125,8 milliard dollarga baholanmoqda.
LiveBarchasi