Dunyoda ziddiyatlar tufayli qochqinlar rekord darajaga yetdi
Olam
−
28 Oktabr 2021
2601Ziddiyalar oqibatida mamlakat ichida ko‘chishga majbur bo‘lganlar rekord darajaga – 48 mlnga yetdi. Bu haqda BMTning ichki migratsiya bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Sesilya Ximenez-Damari Bosh Assambleyaning Uchinchi qo‘mitasidagi chiqishi vaqtida ma’lum qildi.
“Qurolli to‘qnashuvlar va zo‘ravonliklar tufayli o‘z joylarini tashlab ketganlar soni dunyo bo‘ylab 48 millionga yetdi, bu tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Qurolli to‘qnashuvlar va zo‘ravonliklar tobora murakkablashib borayotgan sharoitda xalqaro gumanitar va inson huquqlariga oid qonunlarga hurmatni ta’minlash tobora qiyinlashib bormoqda”, degan ma’ruzachi.
Ximenez-Damarining ta’kidlashicha, kishilarning ko‘chishiga sabab bo‘ladigan tabiiy ofatlar va 2020 yildan boshlangan pandemiya ham mojarolar va global zo‘ravonlikning kuchayishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Qayd etish kerakki, Afg‘onistonda hokimiyatning almashinuvi va "Tolibon"ning iqtidorga kelishi Yevropa yangi migratsiya to‘lqiniga duch kelishi xavfini yuzaga keltirgandi. Shu sababdan Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlar bilan chegaradosh a’zolari to‘siqlar qurishni boshlab yubordi.
LiveBarchasi