Dunyoda yolg‘izlar soni sezilarli darajada oshdi
Olam
−
19 noyabr 1904 2 daqiqa
Dunyodagi 30 ta eng boy mamlakat tahlil qilinganda, ularning 26 tasida 2010 yildan beri juftsiz yashovchi odamlar ulushi sezilarli darajada oshgani aniqlangan. Bu haqdagi tadqiqot “The Economist” jurnalida e’lon qilindi.
Ma’lum qilinishicha, AQSHda so‘nggi 50 yil ichida 25-34 yoshdagi yolg‘iz fuqarolar soni ikki barobar oshgan, hozirda erkaklarning 50 foizi va ayollarning 41 foizi sheriksiz yashamoqda.
Jurnalning qayd etishicha, yolg‘izlikni ko‘proq ayollar tanlaydi. Ular o‘zini ta’minlash va o‘z hayotini qurish imkoniga ega, shuningdek, jamiyatdagi “majburiy turmush” bosimi sezilarli darajada kamaygan. Shu bilan birga, potensial sheriklarning ta’lim va daromad talablari oshgan, o‘rtacha munosabatlar esa ko‘pincha yolg‘iz yashashdan kamroq jozibali ko‘rinadi.
Bu fonda erkaklar ta’lim darajasi bo‘yicha orqada qolmoqda. Universitet diplomi bo‘lmagan va past daromadga ega shaxslar juft topishda qiyinchilikka duch keladi. Agar ular uy ishlarini bo‘lishishga tayyor bo‘lmasa yoki tez-tez rad javoblariga agressiv munosabatda bo‘lsa, vaziyat yanada murakkablashadi.
Yolg‘izlik oshishiga qaramay, turli mamlakatlardagi yolg‘iz odamlarning 60–73 foizi munosabatda bo‘lishni istaydi. AQSHda sheriksiz yashovchilarning faqat 27 foizi o‘z holatidan qoniqadi. Siyosiy qarashlar ham tanlovga ta’sir qiladi.
Mutaxassislar ijtimoiy tarmoqlarning ta’sirini ham ta’kidlagan: ular sheriklardan yuqori kutishlarni yuzaga keltiradi, muloqot ko‘nikmalarini zaiflashtiradi va uchrashuvlar bilan bog‘liq qo‘rquvlarni kuchaytiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda yolg‘iz onalar birgalikda yashab, bolalarni tarbiyalash va uy-ro‘zg‘or ishlarini bo‘lishish xizmatini yo‘lga qo‘ygani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi