Dunyoda mintaqaviy mojarolar soni 30 yillik rekordni qayd etdi
Olam
−
11 dekabr 2023
4219Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti (XSTI Buyuk Britaniya) joriy yilda dunyo bo‘ylab kamida 183 ta mintaqaviy mojaro ro‘y berganini ma’lum qildi. Bu so‘nggi 30 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Qayd etilishicha, tadqiqotchilar asosan Xitoy va Tayvan o‘rtasidagi mojaro xavfi va Yaqin Sharqdagi urushning kengayishiga e’tibor qaratmoqda, deb yozadi “Bloomberg” nashri.
Undan tashqari, Rossiya-Ukraina mojarosi haligacha davom etmoqda, Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi, Rossiya va Gruziya o‘rtasidagi keskinlik ortib bormoqda. Shuningdek, Jazoir va Marokash o‘rtasidagi munosabatlar avvalgidan ham yomonroq, Pokistondagi ichki terrorizm shuningdek, Hindiston bilan munosabatlar jar yoqasiga kelib qolgan.
Mojarolar oqibatida qurbon bo‘lganlar soni esa o‘tgan yilga nisbatan 14 foizga, zo‘ravonlik holatlari 28 foizga oshgan. Dunyoda, Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy yoki mintaqaviy ustunlikka ega 459 qurolli guruh mavjud. Ular 195 million kishini to‘liq yoki qisman qamrab oladi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar iqlim inqirozi tufayli yanada kuchayib bormoqda.
Ma’lumot uchun, ayni paytda davlatlar o‘rtasidagi ziddiyat tufayli BMTning ta’siri zaiflashdi. Yirik davlatlar Xavfsizlik Kengashida bir-birining rezolyutsiyalariga veto qo‘ymoqda, buning ortidan G‘azo sektoridagi urush masalasida bir qarorga kelinmayapti.
LiveBarchasi