Dunyoda koronavirus yuqtirganlar 25 milliondan oshdi

Olam

image

Dunyoda yangi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 25 milliondan oshdi. Worldometer ma’lumotlariga ko‘ra, 30 avgust holatiga Yer sayyorasida koronavirus yuqtirganlar 25 187 740 nafarga yetdi.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha eng yuqori pog‘onanini Amerika Qo‘shma Shtatlari egallab turibdi. Mamlakatda 6 million 139 466 kishi ushbu virusni yuqtirib olgan. COVID-19 bilan kasallanganlar soni bo‘yicha birinchi o‘ntalikka quyidagilar kiradi: Braziliya (3 846 965), Hindiston (3 546 705), Rossiya (990 326), Peru (639 435), Janubiy Afrika (622 551), Kolumbiya (599 914), Meksika (591 712), Ispaniya (455 621) va Chili (408 009).

Xavfli virus tufayli sayyorada 847 040 kishi vafot etdi. 

Koronavirusni yuqtirganlardan 17 million 538 713 nafari davolandi, 6 million 801 987 kishining davolanishi davom etmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ushbu kasallikka chalinganlar 41 303 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 38359 nafari sog‘aygan, 311 kishi vafot etgan. Hozirda mamlakatda 2 633 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ularning 276 nafari og‘ir, 138 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing