Dunyoda qariyb 3 mln bola bedavo dardga yo‘liqqan

Salomatlik

image

Bugungi kunda dunyo bo‘ylab 20 yoshgacha bo‘lgan 2,8 millionga yaqin bolalar, o‘smirlar va yoshlar orttirilgan immunitet virusi (OIV) bilan yashamoqda. Va bu infeksiya yoshlar o‘limining asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining OIV/OITS bo‘yicha qo‘shma dasturi (UNAIDS) ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2020 yilda bolalar o‘rtasida OIV bilan kasallanishning 150 ming holati qayd etilgan.

Bundan 65 000 ga yaqin OIV infeksiyasini yuqtirish holatlari onalarning homiladorlik vaqtida o‘z ahvolidan bexabar bo‘lgani va ularga hech kim tashxis qo‘ymaganligi bilan bog‘liq. 

Shuningdek, bolalarda 35 000 dan ortiq infeksiyani yuqtirish holatlari ayollarning homiladorlik yoki emizish davrida OIV bilan kasallanganligi sabablidir. Bu esa bolaga virus yuqish ehtimolini kuchaytiradi. 

Yana 38 000 ta infeksiya yuqtirish holatlari antiretrovirus terapiyani boshlagan ayollar homiladorlik va emizish davrida davolanishni davom ettirmagani sababli paydo bo‘lgan. Shu bilan birga, 14 ming holat ayollarda davolanish foyda bermagani natijasidir.

UNAIDS homilador ayollarga tibbiy yordam sifatini yaxshilash orqali ko‘plab bolalarni infeksiyadan himoya qilish mumkin deb hisoblaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

75

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made