Dunyoda issiqxona gazlari konsentratsiyasi yana rekord darajaga yetdi – BMT

Bu qiziq

−

image

2025 yilda atmosferadagi karbonat angidrid (CO2) va boşqa asosiy issiqxona gazlarining konsentratsiyasi misli körilmagan darajaga yetdi. Bu esa sayyoradagi haroratning yanada uzoq muddatli kötarilişiga olib keldi. Bu haqda Butunjahon meteorologiya taşkilotining yangi hisobotida söz boradi.

Taşkilotning Issiqxona gazlari böyiça byulletenida ma’lum qilinişiça, 2025 yilda CO2 ning global örtaça yer usti konsentratsiyasi milliondan 426,8 bölakni (ppm) yoki 1750 yildagi sanoatgaça bölgan tayanç darajaning 153 foizini taşkil etgan. Inson faoliyati bilan boğliq bölgan ikkinçi va uçinçi eng muhim uzoq yaşovçi issiqxona gazlari – metan va azot oksidi konsentratsiyalari ham yangi rekord darajalarga yetgan.

“Yana bir yil – yana bir yangi rekord. Issiqxona gazlari atmosferada misli körilmagan miqdordagi issiqlikni uşlab turmoqda, bu esa favqulodda ob-havo hodisalarining kuçayişiga hamda iqtisodiyotimiz va jamiyatimiz uçun ular bilan boğliq xavf-xatarlarga olib kelmoqda. Oxirgi 11 yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yillar böldi va bu tendensiya saqlanib qolişi ehtimoli yuqori. CO2 juda uzoq umr köriş muddatiga ega, şu sababli u global iqlimga şunçaki bir neça yil davomida emas, balki ön yilliklar va hatto asrlar davomida ta’sir körsatadi”, deydi taşkilot Boş kotibi örinbosari Ko Barrett. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Tinç okeanidagi El-Nino hodisasi kuzatilayotgan hududda suv harorati ketma-ket 150 kundan beri rekord darajada yuqori bölayotgani haqida xabar berilgan edi. Oqibatda Janubiy Amerikaning ğarbiy qismida kuçli yoğingarçilik, suv toşqinlari va köçkilar kuzatilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing