Dunyoda birinchi marta karkidon operatsiya qilindi

Olam

image

Buyuk Britaniyada Knowsley Safari-bog‘ida karkidonda muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bu haqda  BBC xabar berdi.

Buyuk Britaniyadagi Knowsley Safari-bog‘ida Amara ismli karkidon shu yil boshida oqsoqlana boshlagan va tekshiruvdan so‘ng uning o‘ng old oyog‘i singanligi aniqlangan.

10 nafar veterinariya guruhi operatsiyani o‘tkazishga qaror qildi. Anesteziya ostida bo‘lgan Amara qafasda uzoq vaqt operatsiya qilindi. Uning oyog‘i 6 oy gipsda edi, bu uning harakatchanligini cheklab qo‘ydi.

Amara onasi bilan bir hududga joylashtirildi va davolanishni tugatgandan so‘ng u yana oyoqqa turdi.

Operatsiyada ishtirok etgan Liverpul universitetidan doktor Devid Stak Amara bo‘yicha operatsiya ularning amaliyotida misli ko‘rilmaganini ta’kidladi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ular kamerani bo‘g‘imga joylashtira olishlarini bilgan, ammo shikastlangan joyning qancha qismini ko‘ra olishlariga ishonchi komil bo‘lmagan.

Stekning ta’kidlashicha, karkidonni davolash haqiqatan ham veterinariya sohasida yangi tajriba bo‘lib, kelajakda shu kabi vaziyatlarda boshqa jamoalarga yordam berishi mumkin bo‘lgan ko‘plab yangiliklarni o‘z ichiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Berlin hayvonot bog‘ining yulduzi bo‘lgan Meng Meng laqabli ulkan panda ikkinchi marta egizak dunyoga keltirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya karkidon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made