Dunyoda birinchi marta 3D bosma masjid quriladi

Bu qiziq

image

Dubayning Islomiy ishlar va xayriya boshqarmasi amirlikning eng qadimiy mahallalaridan biri Bur Dubayda dunyodagi birinchi 3D bosma masjid qurishga tayyorligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, boshqarma masjid qurilish ishlarini joriy yilning oktabr oyida boshlab, 2025 yilning birinchi choragida yakunlashni rejalashtirgan.

Masjid 2000 kvadrat metrni tashkil etib, 600 nafar namozxonni sig‘dira olishi aytilmoqda.

Shuningdek, uning konstruksiyasiga 3D bosib chiqarishning o‘zi uchun taxminan to‘rt oy kerak bo‘ladi. Tegishli jihozlar bilan to‘liq jihozlash uchun esa yana 12 oy vaqt ketadi.

Bunda soatiga ikki kvadrat metr 3D bosib chiqarilishi uchun 3 ta xodim robot printerlar bilan ishlaydi. Masjidni qurish uchun xom ashyo va puxta tayyorlangan betondan foydalaniladi.

Shuningdek, masjidni qurish narxi odatdagidan 30 foizga qimmatroq bo‘lishi mumkin. Sababi u dunyodagi birinchi bunday turdagi masjiddir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dubay sahroda ko‘p qavatli issiqxona qurmoqchiligi haqida xabar bergan edik.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

3D bosma masjid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar