Dunyoda Belarusning do‘stlari yo‘q – Lukashenko

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Belarusning “dunyoda do‘sti yo‘q”ligini aytdi. Bu haqda "BelTA" xabar bergan.

“Mening so‘zlarimga e’tibor bering: dunyoda bizning do‘stlarimiz yo‘q”, degan davlat rahbari.

U mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat to‘g‘risida “ko‘p gapirishi kerakligini” qo‘shimcha qilgan, Lukashenko buning “vaqt o‘tishi bilan” amalga oshirilishini aytgan.

Ma’lumot o‘rnida, Belarusda Respublika Markaziy saylov komissiyasi Aleksandr Lukashenkoni 2020 yil 9 avgustda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘olib deb e’lon qilganidan keyin norozilik namoyishlari boshlandi.

Muxolifat nomzodlarining barcha shtab-kvartiralari ularning rasmiy natijalarini tan olmasliklarini e’lon qildi.

Keyinchalik prezidentlikka sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya mamlakatda hokimiyatning o‘tishini osonlashtirishi kerak bo‘lgan Muxolifat Muvofiqlashtiruvchi Kengashi tuzilganini e’lon qildi. Lukashenko esa G‘arb davlatlarini namoyishlarda ayblab, kengash a’zolariga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilishini talab qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

321

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing