Dunyo Ukrainaga homiylik qilishdan charchayapti – Peskov

Olam

image

Moskva Ukraina mojarosida AQSH ishtirok etishda davom etadi, deb hisoblaydi. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSHning Kiyevga yordam mablag‘lari kiritilmagan vaqtinchalik byudjeti haqida bergan izohida aytib o‘tdi.

“Ko‘rinib turibdiki, bu vaqtinchalik narsa. Amerika, albatta, bu mojaroda ishtirok etishda davom etadi”, degan Kreml voizi.

Shu bilan birga, Dmitriy Peskov dunyoda Ukrainaga homiylik qilishdan "charchoq" borligini ham bildirgan.

“Biz ilgari bir necha bor aytgandik, bu mojarodan charchash, “Kiyev rejimi”ning mutlaqo bema’ni homiyligidan charchash turli mamlakatlarda, shu jumladan AQSHda ham kuchayadi. Bu esa siyosiy tuzumning parchalanishiga va qarama-qarshiliklarning kuchayishiga olib keladi”, degan Peskov.

Eslatib o‘tamiz, 1 oktyabr kuni AQSH Kongressi federal hukumat yopilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Ukrainaga yordam ko‘rsatishni nazarda tutmaydigan 45 kunlik (17 noyabrgacha) byudjet loyihasini qabul qilgan edi. Oq uy va Kongressdagi demokratlar Kiyevga ko‘makni to‘xtatishni xohlamasa-da, respublikachilar bunga to‘sqinlik qilgan. Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlarining norasmiy uchrashuvida qatnashish uchun Kiyevga kelgan YeI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel esa Bryussel Vashingtondan Ukrainani moliyalashtirishni davom ettirishni so‘rashini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Ukraina Dmitriy Peskov shutdown

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing