Dunyo uchun yangi zarba: Hindiston guruch eksportini cheklamoqchi

Olam

image

Hindiston Hukumati ichki ta’minotda uzilishlarga va narxlar oshishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun guruch eksportini cheklashi mumkin. Bu haqda “The Economic Times” nashri xabar berdi.

Hindiston guruch yetishtirish bo‘yicha dunyoda Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinda turadi va so‘nggi ikki yil ichida 150 dan ortiq davlatga guruch eksport qilgan.

Nashr manbalaridan birining aytishicha, guruch eksportiga shakar kabi cheklovlar qo‘llanilishi mumkin. Hozirda mamlakatda bug‘doy va shakarning eksporti 10 million tonna darajasida cheklangan.

2022 yil boshidan buyon Hindiston Jahon bozoriga 6,1 milliard dollarlik guruch yetkazib bergan va qishloq xo‘jaligi eksportidan tushadigan xorijiy daromadlar bo‘yicha yetakchi bo‘lib turibdi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2021-2022 yillarda Hindistonda guruch yetishtirish bo‘yicha rekord o‘rnatilgan — 127,93 tonna, bu so‘nggi besh yildagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan (116,44 tonna) 11,49 tonnaga ko‘pdir.

Gazetaning qayd etishicha, aprel oyida Hindistonda inflyatsiya 7,79 foizga yetgan, bu esa sakkiz yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. 

“Hozirda ko‘plab davlatlar o‘zlarining ichki g‘alla siyosatini olib bormoqda. Hindiston o‘zi, qo‘shnilari va zaif davlatlar uchun oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlamoqchi”, deydi nashrga o‘zini oshkor etmagan rasmiy.

Hindiston bug‘doy eksportini uning narxi oshishi sababli cheklashga qaror qildi. Mazkur qarordan qabul qilinganidan ikki kun o‘tib Yevropada bug‘doy narxi bir tonna uchun 438,25 yevroni tashkil qilib, rekord o‘rnatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston guruch eksporti Jahon bozori

Baholaganlar

460

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing