Dunyo ko‘zgusida aks etayotgan haqiqatlar (fotoreportaj)

Olam

20

Koronavirus pandemiyasi yer yuzidagi 181 mamlakatda o‘z hukmini o‘tkazmoqda. Sayyoradagi 7 milliard odam uning xavfi ostida yashamoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 3 oy ichida koronavirus 1 milliondan ortiq odam organizmiga kirishga ulgurdi. 55 mingdan ziyod odamni hayotdan olib ketdi.

Quyidagi suratlarda so‘nggi kunlarda dunyoda sodir bo‘layotgan jarayonlar aks etgan. Umid qilamiz-ki, tez orada insoniyat o‘z irodasini ko‘rsatib, ushbu kasallikni yengib o‘tadi.

Foto: Reuters

1 aprel. Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe (rasmda chapda) pandemiya sababli may oyida Moskvaga tashrifini bekor qilishni ko‘rib chiqmoqda. Yaponiya hukumati rahbari Ikkinchi Jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishi kerak edi.

Foto: EPA/Vostock-photo

2 aprel. Italiyada bir kunda 760 kishi koronavirusdan vafot etdi. Mamlakatda ushbu kasallikdan vafot etganlarning umumiy soni 13 915 tani tashkil qilmoqda. Bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Foto: EPA/Vostock-photo

2 aprel. Falastinning Xevron shahrida yangi turmush qurganlar mehmonlarsiz to‘yni o‘tkazdilar.

Foto: Reuters

2 aprel. Indoneziya poytaxti Jakartada so‘nggi 24 soat ichida 80 ta yangi koronavirus bilan bog‘liq holat aniqlandi.

Foto: Reuters

2 aprel. Fransiya tezyurar poyezdlardan COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni tashish uchun foydalanmoqda. Mamlakatda kasallikning 52 836 ta holati qayd etilgan. Suratda: Parij shifoxonalaridan Britaniyaga bemorlarni evakuatsiya qilish jarayoni.

Foto: EPA/Vostock-photo

2 aprel. Mozambikda 30 kunlik favqulodda holat e’lon qilindi.

Foto: Zuma/TASS

1 aprel. Bangkokning chekkasida superqahramon kiymidagi kommunal xizmat hodimi ibodatxonalarni dezinfeksiya qilmoqda.

Foto: AP/TASS

1 aprel. Seshanba kuni Filippinda bir kunda kasallanganlar sonining eng katta o‘sishi kuzatildi. Mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq tasdiqlangan holatlar soni 2 mingdan oshdi. Jami 88 kishi vafot etdi.

Foto: Reuters

1 aprel. Indoneziya hukumati COVID-19 tarqalishini sekinlashtirish uchun komendantlik soatini joriy qilishni boshladi. Jakartada o‘limning rekord darajasi qayd etildi – 10,9%. Bu dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan uch baravar ko‘p.

Foto: Reuters

1 aprel. Hindistonda umummilliy karantin davom etmoqda. Odamlarga o‘z uylarini tark etish taqiqlangan, komendantlik soatlari joriy qilingan. Koronavirus bilan kasallanganlar soni bir kunda 240 kishiga ko‘paydi. Bemorlarning umumiy soni 1637 kishini tashkil etyapti.

Foto: Reuters

1 aprel. Nyu-York bandargohida AQSH harbiy-dengiz kuchlarining suzuvchi shifoxonasi joylashgan bo‘lib, unda 1000 ta yotoq va 12 ta operatsiya xonasi mavjud. Hozirgi vaqtda shaharda 51 809 ta koronavirusga chalingan odam bor.

Foto: Reuters

1 aprel. Misrda Xeops piramidasida aholini uyda qolishga va koronavirus pandemiyasi paytida o‘zini izolyatsiya qilishga undagan yozuv paydo bo‘ldi. Rasmiylar, shuningdek, kasallikka qarshi kurashayotgan shifokorlarga minnatdorchilik bildirdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar 1 041 126 nafarni tashkil qilmoqda. Ularning 53 069 nafari vafot etgan, 221 262 nafari esa sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

Fotoreportaj Koronavirus

Baholaganlar

137

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing