Dunyo koronavirus tufayli haqiqiy xavf-xatar davrida — JSST 

Olam

image
JSST Yaqin Sharqda koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlanganini ma’lum qildi  north_east

JSST Yaqin Sharqda koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlanganini ma’lum qildi 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesusga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi tufayli insoniyat “haqiqiy xavf davriga” kirgan.  

“Hozir dunyo haqiqiy xavf-xatar davrida. Biz erishgan yutuqlarning aksariyati eroziyaga uchradi”, degan JSST rahbari. 

Gebreyesusning ta’kidlashicha, infeksiyaning tarqalishiga ijtimoiy aloqalarning ko‘payishi, sog‘liqni saqlash va davlat siyosatining nomuvofiqligi va “teng bo‘lmagan emlash” sabab bo‘ladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, COVID-19 vaksinalarining 80 foizdan ortig‘i yuqori va o‘rta daromadli mamlakatlarga yuborilgan. 

JSST rahbarining aytishicha, pandemiyaga qarshi kurashda erishilgan yutuqlar yo‘qotilmoqda, infeksiyalar sonining ko‘payishi esa hayotni saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan vositalarning yetishmasligini keltirib chiqaradi. 

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyalik olimlar koronavirusning “delta” shtammining tarqalishiga qarshi kurashish uchun yangi vaksinalar kerak bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi.  

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 201 mln 722 ming 376 kishiga yetgan. 4 mln 280 ming 663 kishi kasallik qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST koronavirus

Baholaganlar

219

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing