Dunyo davlatlari poraxo‘rlarni qanday jazolaydi? Jarimadan to o‘limgacha...

Tahlil

image

Jahonning turli davlatlarida korrupsiyani bartaraf etish yo‘lida bir qator samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Biroq, qadimgi davrdan to hozirgacha “korrupsiya balosi” ni butkul yo‘qotadigan yechim topilmadi.

O‘zbekistonda ham korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilgani haqidagi yangiliklar tez-tez qulog‘imizga chalinadi. 
Jumladan, 2021-yil mobaynida O‘zbekistonda 91 nafar davlat xizmatchisi pora olish bilan bog‘liq jinoyat sodir qilgan. Poraning eng kichik miqdori 50 AQSH dollari bo‘lsa, eng yirigi 200 ming AQSH dollarini tashkil etadi.

QALAMPIR.UZ tahririyati korrupsiya illatiga qarshi O‘zbekistonda va jahon hamjamiyatida qanaqa jazo turlari qo‘llanilayotgani haqidagi ma’lumotni siz bilan bo‘lishmoqchi

O‘zbekiston Respublikasi pora olgan jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 210-moddasiga ko‘ra 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. 

Buyuk Britaniyada esa, poraxo‘rlik to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda ayblangan korporatsiyalar va boshqa tashkilotlar cheksiz jarimaga tortilishi mumkin. Jismoniy shaxslar esa 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.

Fransiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish qonunlarini buzganlik korporatsiyalar va boshqa tashkilotlarning 5 million yevrogacha jarimaga tortilishiga, jismoniy shaxslarning esa10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishiga olib keladi.

Italiya qonunchiligiga ko‘ra, poraxo‘rlikda ayblangan kompaniyalar 1 million yevrogacha jarima to‘laydi. Jismoniy shaxslar 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

“Transparency International” xalqaro tashkiloti 2021 yil uchun  “Korrupsiyani qabul qilish indeksi”ning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston 2020 yilga nisbatan 6 pog‘onaga ko‘tarilib, 180 mamlakat orasida 140-o‘rinni egalladi. 

O‘zbekiston mazkur indeksda so‘nggi to‘qqiz yil davomida o‘sish (2013 yilda 17 balldan 2020 yilda 28 ballgacha) qayd etib, mintaqadagi tez sur’atlarda yaxshilanib borayotgan davlatlar qatorida e’tirof etilgan.

Reytingda Daniya, Finlyandiya va Yangi Zelandiya yuqori uchlikni egallagan. Kuchli o‘nlikka Norvegiya, Singapur, Shvetsiya, Shveysariya, Niderlandiya, Lyuksemburg va Germaniya egallagan.

Eng korrupsiyalashgan davlatlar qatoridan Janubiy Sudan, Suriya, Somali, Venesuela, Yaman joy olgan.

Dunyo hamjamiyatida shunday davlatlar borki, ular korrupsiyani yo‘qotish uchun eng oliy jazo, o‘lim jazosini muntazam qo‘llab keladi. Korrupsiya uchun o‘lim jazosi, asosan, Osiyo va arab davlatlarida qo‘llaniladi. Hozirgi kunda bunday jazoni amalda qo‘llanilayotgan 22 ta davlat mavjud.

Bular:

Afg‘oniston, Bangladesh, Baxrayn, Belorussiya, Misr, Iordaniya, Iroq, Eron, Yaman, Xitoy, Quvvayt, Malayziya, BAA, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Shimoliy Koreya, Singapur, Suriya, Somali, AQSH, Janubiy Sudan va Yaponiya.

Oxirgi yillar ichida ushbu davlatlarda o‘nlab poraxo‘rlar “narigi dunyoga ravona qilindi”.

Xitoy qonunchiligiga binoan, o‘lim jazosi faqatgina 463 ming dollardan ortiq pora bilan yoki davlat mulkini o‘g‘irlash bilan qo‘lga tushgan amaldorlarga nisbatan qo‘llaniladi. Masalan, joriy yil Xitoyda sobiq vazir poraxo‘rlik uchun o‘limga hukm qilingandi.

Jazoning bunday turi ko‘pchilik davlatlarning Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan bo‘lsada, o‘lim jazosi amalda har doim ham qo‘llanilavermaydi.

Lekin shunday davlatlar borki, ularda pora olish shunchaki “jamoatchilik axloqi nuqtai nazariga to‘g‘ri kelmaydi” deb hisoblashadi.Agar mansabdor korrupsiya jinoyati bilan qo‘lga tushsa, unga shunchaki mansab kursilariga eltuvchi barcha yo‘llar yopiladi. Bunga misol qilib Daniya va Finlandiya davlatlarini  keltirishimiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prokuror yordamchisi 1500 AQSH dollari pora olayotganda ushlangani, Urganch hokimi o‘rinbosari uyida 60 000 AQSH dollari pora bilan qo‘llangani haqida xabar bergan edik.

Samandar Haqqiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

398

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing