Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar 28 milliondan oshdi

Olam

image

Koronavirusning yangi turi COVID-19 infeksiyasini yuqtirish hollari dunyo bo‘ylab 28 milliondan oshdi. 

Worldometer’ning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, bugun, 10 setyabr kuni ertalab xavfli infeksiyani yuqtirish holatlari soni 28 milliondan oshgan. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar dunyo bo‘ylab 28 million 40 066 nafarni tashkil etmoqda. 

COVID-19 ga chalinish va o‘lim bo‘yicha AQSH eng yuqori o‘rinda bormoqda. Qo‘shma Shtatlarda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 6 million 549 475 nafarga yetgan. 

AQSH keyin eng ko‘p yuqtirish holatlari Hindiston (4 million 470 166), Braziliya (4 million 199 332), Rossiya (1 million 046 370), Peru (702 776), Kolumbiya (686 856), Meksika (647 507), Janubiy Afrikada (642 431) Ispaniya (543 379), Argentina (512 293) va Chili (427 027)da qayd etilgan. 

O‘zbekistonda esa ushbu virusni yuqtirib olganlar 45 160 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 42 212 nafari sog‘aygan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 366 kishi koronavirusdan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

COVID-19

Baholaganlar

51

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing