Dunyo boylari: Tramp 25 yil deganda ilk bor “Forbes” reytingidan “tushib qoldi”

Olam

image

Amerikaning mashhur “Forbes” nashri 25 yil deganda ilk bor Donald Trampni AQSHning eng boy milliarderlari reytingiga kiritmadi. Sobiq Prezident pandemiya fonida boyligi kamaygani sabab reytingdagi o‘rnini yo‘qotdi.

“Forbes” Trampning boyligini 2,5 mlrd dollarga baholagan. Sobiq Prezidentga reytingga kirish uchun 400 mln dollar yetmagan. Bir yil oldin Tramp milliarderlar reytingida 339-o‘rinni egallagan. Pandemiya boshlanganidan keyin Tramp 600 mln dollar yo‘qotgan.

1997 yildan 2016 yilgacha Trump “Forbes 400” reytingining birinchi yarmida muqim o‘rniga ega bo‘lgan. Lekin 2017 yilda Prezident etib saylanganidan keyin u o‘z o‘rnini yo‘qotishni boshladi.

“Forbes”ga ko‘ra, 2017 yil yanvaridan 2020 yil dekabrigacha bo‘lgan davrda, ya’ni Tramp AQSH Prezidenti bo‘lganida uning daromadi 2,4 milliard dollarni tashkil etgan. Prezidentlikning dastlabki uch yilida Tramp har yili taxminan 650 million dollar ishlab topdi, lekin o‘tgan yili pandemiya davrida uning daromadi taxminan 450 million dollarga tushdi, deb yozadi nashr.

Ma’lumotlarga ko‘ra, milliarder daromadining katta qismini shaxsiy golf klublaridan olgan. To‘rt yil ichida ular Trampga 900 million dollardan ko‘proq foyda keltirgan. Bundan tashqari, u ko‘chmas mulk va mehmonxona biznesidan daromad olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Forbes

Baholaganlar

110

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing