Dunyoni o‘ylantirayotgan savol: ta’limni qanday boshlaymiz?

Tahlil

image

Respublikamizdagi mavjud 9942 maktabda 14 sentyabrdan dars o‘tilishi taklifi kiritilganligi haqida avval xabar bergan edik. Kecha, 28 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida maktablarni ochish masalasida o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatdagi mavjud vaziyatdan kelib chiqib, joriy yilning 14 sentyabr kunidan barcha maktablarning ochilishi belgilandi. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan maktablarning qanday shaklda ochilishi bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomada 5,5 million kishi qatnashgan bo‘lib, unda respondentlarning 76 foizi maktablarni an’anaviy shaklda ochish, qolgan 24 foizi esa onlayn ta’limni yoqlagan. 

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasida COVID-19 pandemiyasi davrida umumiy o‘rta ta’lim maktablari va o‘rta maxsus maktab internatlarining faoliyatini tashkillashtirish bo‘yicha vaqtinchalik sanitariya-epidemiologik talablar” Adliya vazirligidan tasdiqlandi. 

Unda o‘quvchilarga ham, o‘qituvchilarga ham, ota-onalarga ham bir qator vazifa va mujburiyatlar yuklangan. Jumladan:

•  mashg‘ulotlarni soat 8:00 dan so‘ng boshlash va 17:30 dan kechiktirmasdan tugatish tavsiya etiladi, mashg‘ulotlar uch smenada tashkillashtirilishi mumkin;

•  pandemiya davrida ommaviy tadbirlar (yig‘ilishlar, konsertlar, tug‘ilgan kunlar va shu kabilar) o‘tkazish vaqtincha to‘xtatiladi;

•  barcha bolalar va ularning qonuniy vakillari niqoblarda kelishlari shart;

•  maktabga kirishdan avval, maktabning tibbiy xodimlari, mas’ul xodimlari tomonidan “ertalabki filtrlash” bo‘yicha maxsus punkt tashkil etilib, tegishi jurnal yuritiladi;

•  “ertalabki filtrlash” jarayonidan so‘ng, o‘quvchilar kirish joylarida o‘rnatilgan maxsus dispanserdan antiseptik vosita yordamida qo‘llarini zararsizlantiradilar;

•  niqob va respiratorsiz maktabga kirishga ruxsat berilmaydi. Bunda, niqob kamida har 3 soatda, respiratorlar kamida har 8 soatda o‘zgartirilishi lozim;

•  sinflarda har bir o‘quvchiga 2 m² dan kam bo‘lmagan maydon bo‘lishi talab etiladi;

•  pandemiya paytida maktab oshxonalari o‘z ishini amaldagi sanitariya me’yorlari va qoidalari talablariga rioya qilingan holda tashkil etadi;

•  yuqumli kasalliklar belgilari bo‘lgan o‘quvchilar-maktab xodimlari ushbu belgilar aniqlangan vaqtdan boshlab tez yordam guruhi yoki ota-onalar (qonuniy vakil) kelguniga qadar zudlik bilan izolyatsiya qilinishlari shart.

O‘zbekistondagi maktablarni ochishda, albatta, dunyo tajribasi ham inobatga olindi. Xo‘sh, kechiktirib va paysalga solib bo‘lmaydigan ta’lim masalasida dunyodagi vaziyat qanday? 

Vaksinasi bor Rossiya qo‘rqmayapti

Bir millionga yaqin odam koronavirusga chalingan Rossiyada maktablar va oliy ta’lim muassasalari odatdagidek 1 sentyabrdan an’anaviy tarzda ochilyapti. Buni shaxsan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tasdiqladi.

Maktablarda sanitariya qoidalariga amal qilinishi qattiq nazorat qilinadi. Maktablar ochilishi bo‘yicha hududlar va Hukumat darajasida qaror qabul qilingan.

Rossiya maktablarida o‘quvchilarning niqob taqishi majburiy emas. Ammo o‘qituvchilarga bu majburiy qilib belgilangan. Agar ular bu talabni bajarmasa, ota-onalar maktab ma’muriyatiga shikoyat qilishi mumkin. Maktablarga kirishda dezinfeksiya vositalari o‘rnatiladi hamda tana harorati tekshiriladi.

Darslar bir xonada o‘tkaziladi. Faqatgina maxsus xonalar talab qilinadigan darslar uchun boshqa joyga o‘tiladi. Oshxonalarda ham ma’lum cheklovlar amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Rossiyada 985 346 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 17 025 nafari vafot etgan va 804 383 nafari sog‘aygan. Rossiyada 11 avgust kuni koronavirusga qarshi ilk vaksina ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu xushxabarni shaxsay Putin ma’lum qildi.

AQSH maktablar taqdirini qanday hal qilyapti?

U.S. CDC health official: Closing schools 'greater public health risk' -  CGTN

AQSHda virusdan zararlanganlar soni ayni paytda 5 million 917 mingdan ortiq kishini tashkl etmoqda. Ma’lumki iyun oyi oxirida AQSHda o‘quvchilar uchun yozgi ta’til boshlanadi. Biroq mart oyining o‘zidayoq maktablar masofadan o‘qitishni boshlagan edi. Oq uy tomonidan taklif etilayotgan pandemiyadan so‘nggi uch bosqichli tiklash jarayonining ikkinchi bosqichida maktablar ochilishi ko‘zda tutilgan edi. Yangi o‘quv yilini masofadan turib yoki an’anaviy tarzda olib borilishi turli shtatlarda turlicha. Masalan, Merilend shtatida davlat maktablari  yanvargacha masofaviy ta’lim berishni ma’qul ko‘rmoqda. Ammo bu yerdagi xususiy maktablar allaqachon ochilib faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘qituvchilar ijtimoiy masofa, shaxsiy gigiyena talablariga amal qilinishga mas’ul etib belgilandi.

Shuni alohida aytish kerakkki, AQSHdagi davlat maktablaridagi maktab kengashlarida katta vakolatlar bor. Va ular yanvar oyigacha masofaviy ta’lim berishga uzil – kesil qaror qabul qilib bo‘lgan.  

Yevropa: turfa yo‘llar 

As the debate heats up around reopening schools, 5 critical pieces of  advice for parents

Yevropada davlatlarining ko‘pchiligida ta’lim dargohlari odatiy faoliyatga qaytmoqda. Har bir mamlakat o‘zidagi epidimiologik vaziyatdan kelib chiqib, maktablar ochilishi masalasini turlicha belgilagan. Buyuk Britaniyada maktablarda niqob taqish majburiy bo‘lmasa, Ispaniyada esa buni barcha maktab o‘qituvchi va o‘quvchilariga majburiy etib belgilandi. Gap shundaki, inglizlar ispanlardan farqli ravishda bolalar tibbiy niqobdan noto‘g‘ri foydalanishi natijasida kasallikka chalinish ehtimolini bir necha barobarga oshiradi deb xisoblaydi. Britaniyaliklar niqob taqish ta’lim jarayoniga va o‘zaro aloqaga kirishishga halal beradi deb xisoblamoqda. 

Kasallanish ortayotgan Germaniyada maktablarda qator taqiqlar qo‘yildi

Στ. Πέτσας: Τα σχολεία θα ανοίξουν στις 7 Σεπτεμβρίου - OnCamera

Kayd etish kerakki kasallanganlar soni boshqa Yevropa mamlakatlaridagi davlatlarga qaraganda ancha kam. 29 avgust holatiga ko‘ra, bu yerda 242 ming 114 nafar bemor bor. Biroq oxirgi paytlarda kasallanishlar soni keskin ko‘paydi.  Germaniyada maktablarning qachon odatiy ish rejimiga qaytishini hal qilish federal o‘lkalar ixtiyorida. Ayrim o‘lkalardagina maktablar ochilishigaruxsat bor. Faoliyat boshlagan maktablarda tartib – intizomga rioya qilish oson bo‘lmayapti. Bavariyada yetti yoshdan oshgan bolalar doimo niqobda yurishi kerak bo‘sa, boshqa federal o‘lka maktablarida esa, faqat yo‘lakdagina tibbiy niqobdan foydalanish majburiy. Umuman, Bavariyadagi maktablarda partalar o‘rtasidagi masofa kengaytirilib, ko‘plab o‘quvchilar ta’lim oladigan sinflar katta xonalarga aylantirilgan. Barchaning qo‘li tegadigan yuza qismlar, eshik tutqichlari, kompyuter klaviaturalari, sport jihozlarini muntazam dezinfeksiya qilish yo‘lga qo‘yilgan. Har bir majg‘ulotdan so‘ng 10 daqiqa davomida xonani shamollatish odatga aylantirilishi kutilmoqda. Ko‘proq ochiq havoda olib boriladigan majg‘ulotlarga ahamiyat qaratilib, dars jadvali shunday tuzilmoqdaki, dars soatlari turli vaqtlarda tugab, bolalar farqli vaqtlarda ko‘chalarga chiqmoqda. Bolalarning bir joyda to‘planib turishi va xona haroratining yuqori darajada bo‘lishiga aslo yo‘l qo‘ymaslik kerak ekanligiga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Turkiyada 1,5 million bola onlayn ta’lim olishdan mosuvo

Hozirda Turkiyada virusdan zararlanganlarning umumiy soni 265 mingdan oshgan. 6245 kishi halok bo‘lgan.

Ayni vaqtda Turkiyada maktablarni ochish masalasi dolzarb bo‘lib turibdi. Aslida Turkiyada maktablar har yilning 21 sentyabridan faoliyatini boshlaydi. Joriy yilda esa ushbu mamlakatda maktablarning avval 31 avgustdan onlayn darslarni boshlashi muhokama qilingan bo‘lsa, bugun 21 sentyabrdan maktablarni ochish masalasida ko‘ndalang bo‘lib turibdi.

Turkiya ommaviy axborot vositalari, telekanallarning bor e’tibori va imkoniyatlari ushbu masalaga safarbar qilinmoqda. Davlat va xususiy telekanallarda soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar va ota-onalarning chiqishlari ko‘paygan. Ularda nafaqat koronavirusni maktabdagi darslarda yuqtirib olish xavfi, balki maktablarga bolalarning kelib-ketishi masalasi ham muhokama qilinmoqda. Turkiyaning markaziy tumanlarida maktab o‘quvchilarini darslarga alohida mikroavtobuslar olib keladi va qayta olib ketadi. Avtobuslar bolalarni maktablarga tarqatib bo‘lgach, korxona va tashkilotlar xodimlariga xizmat qiladi. Bola koronavirusni maktabda yuqtirmagan taqdirda ham uni maktab avtobusida yuqtirib olish ehtimoli yuqori. Ekspertlarning fikricha, yo avtobuslar faqat bolalarga xizmat qilishi kerak, yo har tashuv xizmatidan so‘ng dezinfeksiya ishlari olib borilishi shart. 

Turkiya Milliy ta’lim vaziri Ziyo Selchukning qayd etishicha, Hukumat maktablarni ochishda har ikki yo‘lga tayyor. Ayni vaqtda mamlakatdagi 17,5 million o‘quvchidan 16 millioni onlayn ta’lim olish imkoniyatiga ega. Qolgan 1,5 millioni esa xududiy va axborot texnologiyalaridan foydalanish nuqtai nazaridan an’anaviy ta’limdan boshqa yo‘lni tanlay olmaydi. Ular uchun Milliy ta’lim vazirligi alohida darsliklar to‘plamini ishlab chiqmoqda 

Eslatib o‘tamiz, Turkiyadagi maktablar 16 martdan – dastlabki kasallik aniqlanganidan besh kun o‘tgach yopilgan va 23 martdan boshlab o‘quvchilar davlat telekanallari orqali onlayn mashg‘ulotlarda qatnasha boshlagan edilar.Bu yerda ham o‘qituvchilarning ijtimoiy masofa va shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishi mas’ul etib belgilangan. Ayni vaqtda Turkiyada maktablarni ochish masalasi dolzarb bo‘lib turibdi. 

Markaziy Osiyo: Turkmaniston va Tojikiston ana’aviylikni tanladi. Qozog‘iston esa...

Markaziy Osiyo davlatlarida maktablar turli shakllarda ochilyapti. Hukumatlar vaziyatdan kelib chiqib, an’anaviy, masofaviy va gibrid ta’lim shakllaridan birini tanlayapti.

Qozog‘iston maktablarni ochishga shoshmayapti

Төртінші тоқсанда 3 mыңнан асtam бейнесабақ көрсетілді

29 avgust holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda virus yuqtirib olganlar soni 130 mingdan oshdi. 1854 ta o‘lim holati qayd etilgan. Har yili yozgi ta’tildan so‘ng o‘quvchilar kuz faslining ilk kunidan yangi o‘quv yilini boshlashadi. Bu yil ham xuddi shunday bo‘ladi. Biroq o‘quvchilarning faqat bir qismigina maktabga bora oladi xolos. Qozog‘iston ta’lim vazirligi rejasiga ko‘ra, 1 sentyabrdan mamlakatda mavjud 3 million 300 ming maktab o‘quvchisidan yarim millionigina maktabga borishi aytilgan. Qolgan o‘quvchilar esa ikkita telekanal orqali onlayn tarzda o‘qitiladi.

Koronavirus aniqlanmagan Turkmanistonda maktablarda qator cheklovlar o‘rnatildi

8 Facts About Education In Turkmenistan | The Borgen Project

Turkmaniston poytaxti Ashxobodda maktablar ochilyapti. Ammo bir sinfda o‘tirishi mumkin bo‘lgan o‘quvchilar soni 15 nafar bilan cheklandi. COVID-19 infeksiyasi profilaktikasi sifatida shunday qaror qabul qilingan. Shu maqsadda sinflar ikkiga bo‘linadi: yarmida birinchi smena, qolgan qismida ikkinchi smena o‘qiydi.

Dars vaqti ham qisqartirilyapti. Darslar birinchi sinflarda – 25 daqiqa, 2-4 sinflarda – 30 daqiqa, 5-11 sinflarda – 35 daqiqa davom etadi. Har bir darsdan keyingi tanaffus 10 daqiqa, katta tanaffus esa 15 daqiqa etib belgilangan. O‘quvchilar soni ko‘p ba’zi maktablar o‘quvchilari boshqa joyga ko‘chiriladi.

Ma’lumot uchun, Turkmanistonda rasman koronavirus aniqlanmagan .Ammo mamlakatda epidemiologik vaziyat jiddiy bo‘lib turibdi.

Tojikiston: muddatidan avval ochilgan maktablar

Главное | Новости Таджикисtana ASIA-Plus

Tojikistonda 8 516 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 7 309 nafari sog‘ayib, 68 nafari vafot etgan. Bemorlar soni ortib borayotganiga qaramay, Tojikistonda maktablar ochildi. Yana odatdagidan ikki hafta avval 17 avgustda dars mashg‘ulotlari boshlandi.

O‘quvchilar o‘zi bilan dezinfeksiya vositalari olib yurishi va niqob taqishi majburiy etib belgilandi. Maktablarda yo‘laklarga va maktab hovlisiga masofani saqlash bo‘yicha belgilar o‘rnatilgan. Oraliq masofa 1,5 metrni tashkil qilishi kerak.

Markaziy Osiyodagi yana bir davlat Qirg‘izistonda maktab ochilishi haqida yangiliklar ko‘zga tashlanmadi.
Shu o‘rinda ba’zi ma’lumotlarga to‘xtalib o‘tsak. Yaqinda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va UNICEF xalqaro bolalar tashkilotining Birlashgan Monitoring Dasturida dunyo bo‘ylab maktabda qo‘l yuvish uchun sharoit mavjud bo‘lmagan 818 million bolalarning 355 millioni qo‘l yuvish uchun suv bo‘lgan, ammo sovun bo‘lmagan maktablarda, 462 millioni esa qo‘l yuvish uchun suv va sovun bo‘lmagan maktablarda o‘qishini ma’lum qildi.

COVID-19 tufayli sog‘liqni saqlash va gumanitar inqiroz xavfi yuqori bo‘lgan 60 mamlakatda har to‘rtta boladan uchtasi maktabda qo‘l yuvish uchun asosiy sharoitga ega emas. Barcha bolalarning yarmi asosiy suv ta’minotidan mahrum  va yarmidan ko‘pi asosiy sanitariya xizmatiga ega emas. 

Hisobotda kelitirilishicha, dunyodagi har 3 ta maktabning bittasi ichimlik suvi bilan cheklangan tarzda  ta’minlangan yoki umuman ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan. 

Yana 698 million bolalar uchun ularning maktablarida asosiy sanitariya shariotlari mavjud emas.

Ushbu hisobotda O‘zbekistondagi maktablarning 13 foizida qo‘llarni sovun va suv bilan yuvish uchun zarur sharoit yo‘qligi qayd etilgan. 

“Maktablar qayta ochilishidan oldin maktablar barcha zarur suv,  sanitariya va gigiyena (WASH) sharoitlari bilan sifatli va yetarli miqdorda jihozlanganligiga va o‘quvchilarga o‘qish uchun xavfsiz, ishonchli qulay muhit yaratish uchun maktablarda tozalash va dezinfeksiyalash ishlari tegishli ravishda ta’minlanganligiga ishonch hosil qilish kerak”, degan tavsiyani bergan edi tashkilot.

Shohro‘z Mirzoqobilov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

maktab

Baholaganlar

125

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing